Tranformatsiya. Bugun bu jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar asosi. Ya’ni, ixcham va hamma tomonlama maqbul boshqaruv uslubi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ham bundan mustasno emas. Jamiyat xayotining o‘zgarayotgan chaqiriqlariga shay turish hamda zamon bilan hamnafas qadam tashlash buguning gapi. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham ayni masala yuzasidan atroflicha fikr almashilindi. Yig‘ilishga bu borada Yevropaning tajribali hamda samarador natija ko‘rsatgan Yevroosiyo raqobatbardoshlik instituti (EIC) vakillari taklif etildi. Maqsad aniq. U ham bo‘lsa bugungi o‘zgarishlar natijasida tarmoq har tomonlama natija ko‘rsatishga ishlashiga omil yaratish.
Tadbirda vazirlik apparati rahbari Isroil Xolmirzayev, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Radjabov, kadrlar bo‘limi boshlig‘i Umida Saidova, EIK vakillari Aleksey Prazdnichnix va Aleksandr Idrisovlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining strategiyasi, tarmoq strategiyasini muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan yig‘ilishda ta’kidlanganidek, Yevroosiyo raqobatbardoshlik instituti (EIC) uchta asosiy yo‘nalish bilan shug‘ullanadi:
EIC vakillari Aleksey Prazdnichnyx va Aleksandr Idrisov tarmoqlar va vazirlikning rivojlanish strategiyasi dasturini taqdim etdilar, unda beshta yo‘nalishdan iborat qishloq xo‘jaligini rivojlantirish modelining mohiyatini ochib berdilar:
Yig‘ilishda EIK va Qishloq xoʻjaligi vazirligining tarmoq strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha hamkorlikni boshlash taklifi ilgari surildi, bunda avvalroq ushbu bosqichda tarmoq holatiga tashxis qoʻyildi.
Shu yerning o‘zida mavzuiy muloqot davom ettirildi. Galda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutasaddilari bilan vazirlikning hududiy bo‘linmalardagi o‘zgarish hamda transformatsiya masalalari muhokama qilindi. Asosiy e’tibor ish ko‘rsatadigan, natija hamda samarani har tomonlama qadrlaydigan kadrlarni joy-joyiga qo‘yish. Bunda bir emas kamida bir necha yillik strategik rejalashtirishni inobatga olish kerakligi yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan e’tirof etildi.
Vazir Aziz Voitov mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgani hamda bu jarayon o‘zining shaffofligi va ochiqligi bilan ahamiyatli ekanini ta’kidladi. Bugun yerning tilini tushunadigan, hosil yetishtirish hadisini olgan mirishkorlar dehqonlar bilan tillasha oladigan professional menejerlar kerak sohaga.
Ayni masala yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan tahlil qilinar ekan, hududiy boshqarmalar faoliyatida, hususan inson resurslarini boshqarishda eng ustuvor masala nimalarga qaratilishi, bunda salbiy omillar bo‘y cho‘zmasligi, asosiy e’tibor soha rivoji va joylarda qo‘yilgan masalalarning ijobiy yechimiga mas’ullarning mas’uliyatini oshirish darkorligiga qaratildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: