2023-yilning 20-25-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimizning barcha viloyatlarida “Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun tuproq tadqiqotlari natijalaridan foydalanish yo‘llari” mavzusida o‘quv-amaliy seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.
Klaster va fermer xo‘jaliklarining tuproq tadqiqotlari natijalaridan xabardor emasligi va undan foydalanmayotganligi, nafaqat mahsulot hosildorligi va sifatiga, balki tuproq unumdorligi, o‘g‘itlar sarfiga ham taʼsir ko‘rsatmoqda. Mana shunday o‘quv-amaliy seminarlarni tashkil etish orqali klaster, fermer xo‘jaliklari vakillarining tuproq tadqiqotlari natijalaridan foydalanish ko‘nikmasini oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu o‘quv-amaliy seminarda tuproqshunoslik sohasida faoliyat olib borayotgan olim va mutaxassislar tomonidan agrokimyoviy kartogrammalar natijalaridan foydalanish usullari, shu jumladan, ular asosida o‘g‘itlash me‘yorlarini belgilash, tuproq klinikasi asosida agrotexnik tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar berilmoqda.
O‘quv-seminarlari 2 ta ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida o‘tkazildi. 25-fevralga qadar davom etadigan ushbu seminarlar respublikamizning boshqa viloyatlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: