Vazirlik tizimidagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD)da Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ma‘naviyat va ma‘rifat Kengashi bayonida belgilangan vazifalar doirasida kasbiy ma’rifat soati o‘tkazildi. Unda “Meva-sabzavotchilikni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar, erishilgan natijalar va istiqbolli vazifalar” mavzusida maxsus tayyorlangan videodars asosida o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotda markazning rahbar va mas‘ul xodimlari ishtirok etdilar. Mashg‘ulotni o‘tkazishdan maqsad – meva-sabzavotchilik tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan me‘yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini targ‘ib etish orqali tizimdagi xodimlarning bu boradagi kasbiy bilimlarini oshirishdan iborat.
Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirishning huquqiy va iqtisodiy-moliyaviy asoslari bo‘yicha ma’rifiy tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘quv mashg‘ulotlari vazirlik tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalarda ham davom etmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: