O‘zbekiston Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrifi davomida universitet faoliyati bilan tanishdi, auditoriyalar va laboratoriyalar uchun ajratilgan joylarni ko‘rib, professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi. Shundan so‘ng vazir talabalarga va ishtirokchilarga genomika bo‘yicha ma‘ruza o‘qidi, shuningdek, o‘zining ilmiy faoliyatidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Ibrohim Abdurahmonov o‘z ma‘ruzasini ilmiy sohada bosib o‘tgan yo‘li, universitetlarda qanday o‘qigani va ushbu yo‘l o‘zi uchun qanchalik mashaqqatli, ammo ayni paytda qiziqarli ekanligi, bu yo‘lda savollariga javob topa oladigan insonlar bebaho tajribaga ega bo‘lgani haqida hikoya qilishdan boshladi.
Universitetning o‘qituvchilari va talabalari yig‘ilgan ma‘ruzalar zalida Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vaziri “Ribonuklein interferensiyasi: tamoyillar va mexanizmlar” nomli murakkab mavzu yuzasidan taqdimot qilish bilan birga, “Genomni tiklash” mavzusining mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi.
Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Ushbu ma’ruza ularni loyihalari ustida ko‘proq ishlashga undaganligini e‘tirof etishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: