O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan trixogramma (tunlam tuxumlariga qarshi qo‘llaniladigan entomofag)ni mexanizatsiyalashgan usulda tarqatish vositasi yaratildi. Ushbu vosita yordamida trixogrammalar tarqatilganda o‘rtacha 70,2 foiz biologik samaradorlikka erishish mumkin. Uning yordamida ish unumdorligi gektariga 20 soatgacha oshadi. Texnika yordamida qisqa muddatda katta maydondagi o‘simliklarni himoya qilish orqali paxta hosilini gektariga 2,5 sentnerga oshirish ko‘zda tutilgan.
Birlashgan millatlar tashkilotining “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti” (FAO) maʼlumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 30-35 foizi zararkunandalar hisobiga yo‘qotilar ekan.
Paxta o‘simligini yetishtirishda tegishli kimyoviy preparatlardan foydalaniladi va ular o‘z vaqtida, meʼyorida ishlatilsa, qisqa muddatda yuqori samaraga erishiladi. Biroq, kimyoviy vositalarni qo‘llashning mutaxassis(ekolog)lar va jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilgan quyidagi o‘ziga xos kamchiliklari va salbiy tomonlari mavjud. Bunda suyuq preparatlar zararkunandalar bilan bir qatorda foydali hasharotlarga ham taʼsir ko‘rsatib, ularni nobud qiladi. Bu esa, bioxilma-xillikning keskin yomonlashishiga olib keladi va ko‘p o‘tmay, zararkunandalar qaytadan ko‘payadi. Trixogramma tarqatadigan vosita yordamida esa, buning oldini olish mumkin.
Shuningdek, trixogramma tarqatadigan texnika vositasining afzalligi shundaki, u traktorga agregatlangan kultivatorga o‘rnatilib, undagi elektr manbasi orqali quvvatlanadi. Ushbu qurilma mamlakatimizdagi agroklasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun hamyonbop va qulayligi bilan ahamiyatlidir.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: