Respublikamiz bo‘yicha 2023-yil paxta hosili uchun 59,7 ming tonna urug‘likni tozalash-saralash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga ko‘ra, 34,6 ming tonna urug‘lik saralangan.
Bugungi kungacha 10 ming tonna urug‘lik tuksizlantirilgan bo‘lsa, 16,5 ming tonna urug‘lik dorilangan.
Urug‘lik chigitni tozalash-saralash. O‘tgan yilgi paxta hosilidan yetishtirilib, joriy yil hosili uchun tayyorlangan va 1,5-2 oy muddatda tinim davrini o‘tagan urug‘lik paxtani to‘liq texnologik jarayon bo‘yicha qayta ishlash orqali urug‘lik chigit olinadi.
Korxonalarda texnologik uskunalarning qoldiq mahsulotlardan tozaligi urug‘lik tarkibida turli aralashmalar bo‘lmasligini taʼminlaydi.
Tuksizlantirish. Tuksizlantirilgan urug‘lik chigit, tukli urug‘lik chigitdan ertaroq muddatda nihollar unib chiqishi, yaxshi o‘sib rivojlanishi bilan farq qiladi.
Tukli urug‘lik chigitlar esa kasallik va zararkunandalarga nisbatan kam chalinadi.
Tuksizlantirishda asosan, chigitlarning mexanik shikastlanishiga eʼtibor qaratish lozim. Urug‘lik chigitlar mexanik va kimyoviy usulda tuksizlantiriladi.
Ekishda tuksizlantirilgan urug‘lik chigit, tukli urug‘lik chigitga qaraganda kamroq sarflanadi. Ya`ni, 1 gektar maydonga tuksiz chigit o‘rtacha 25-30 kg, tukli chigit esa 55-60 kg sarflanadi. Tuksiz chigitdan nihollar ertaroq unib chiqаdi.
Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida jami tayyorlanadigan urug‘lik chigitlarning 100 foizi, Buxoro va Namangan viloyatlarida 70-80 foiz, Navoiy viloyatida
44 foiz, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 20-25 foiz hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa 1,5-2,4 foiz tuksizlantiriladi.
Dorilash. Respublikamiz bo‘yicha 42 ta urug‘lik chigit tayyorlash korxonalarida urug‘lik chigitlar dorilanib, qadoqlanadi.
Urug‘lik chigit P-4, Bahor, Dalbron, Kruizer preparatlari bilan dorilanib, bu ildiz chirish, gommoz, fuzarioz vilt kasalliklari va shira-trips zararkunandalarining oldini oladi.
Dorilash jarayonida eritmaning 1 tonna chigitga bo‘lgan sarfi tukli chigitda 25 litr, tuksiz chigitda 20 litrni tashkil etadi.
Eritmaning meʼyordan ko‘p bo‘lishi saqlash jarayonida chigitlarni mog‘orlashiga sabab bo‘ladi.
К урожаю хлопка 2023 года в нашей республике планируется очистить и отсортировать 59,7 тыс. тонн семян. На сегодняшний день отсортировано 34,6 тыс. тонн семян.
Сейчас депилировано 10 000 тонн семян, обработано 16 500 тонн семян.
Очистка-сортировка семян
Посевной материал получают путем переработки хлопка-сырца, выращенного из прошлогоднего урожая хлопчатника, подготовленного к урожаю текущего года и который прошел период покоя в течение 1,5-2 месяцев по полному технологическому процессу.
Чистота технологического оборудования на предприятиях от остаточных продуктов обеспечивает отсутствие в составе семян различных примесей.
Очистка от пуха
Очищенное от пуха семя отличается от опушённого семени тем, что они прорастают в более ранний срок и лучше развиваются. Однако, перистые семенные коробочки относительно менее восприимчивы к болезням и вредителям.
При очистке в основном следует обращать внимание на механические повреждения пуха. Посевной материал обесцвечивают механическим и химическим способом.
При посеве очищенного от пуха семени материал расходуется меньше, чем опушённый семенной материал. То есть на 1 га очищенного зерна расходуется в среднем 25-30 кг, а для опушенного – 55-60 кг. Из очищенных семян ростки прорастают раньше.
В Андижанской, Джизакской, Кашкадарьинской, Сырдарьинской, Ташкентской и Ферганской областях заготовлено 100% от общего количества семян, в Бухарской и Наманганской областях-70-80 %, в Навоийской области – 44%, 20-25% в Самаркандской и Сурхандарьинской областях и 1,5-2,4% в республике Каракалпакстан и Хорезмской области.
Лечение
На 42 предприятиях по производству семян по всей республике семена обрабатываются и упаковываются.
Посевной материал обрабатывают препаратами Р-4, Яровой, Дальброн, Круизер, которые предотвращают корневую гниль, гоммоз, болезни фузариозного увядания и вредителей тли-трипсов.
В процессе обработки расход раствора на 1 тонну семян составляет 25 литров у опушенных семян и 20 литров у «голых» семян.
Избыток раствора сверх нормы приводит к появлению плесени на семенах в процессе хранения.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: