Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati tashabbusi bilan Yevropa Ittifoqi ASK Facility loyihasi texnik ko‘magida Loyiha boshqaruv ofisi tashkil etilgan edi. Uning asosiy vazifasi vazirlik tizimidagi har bir islohot harakatini loyihalashtirish orqali strategiya bilan muvofiqligini ta’minlashdan iborat.
Loyiha boshqaruv ofisi o‘z faoliyatining ilk bosqichida qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq holda olib borilayotgan barcha harakatlarni tizimlashtirish bilan bir qatorda, xodimlarning yangicha usulda ishlash bo‘yicha salohiyatini oshirish tadbirlarini ham muntazam tashkil etib kelmoqda.
Jumladan joriy yilning fevral oyi boshida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida Loyiha boshqaruv ofisi tomonidan tashabbuslarni loyihalashtirish jarayoniga bag‘ishlangan navbatdagi trening o‘tkazildi. ASK Facility dasturi texnik ko‘magida tashkillangan mazkur amaliy mashg‘ulotlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma va bo‘limlarining 50 nafardan ortiq mas’ullari qatnashdi.
Unda ishtirokchilarga davlat sektorida tashabbuslarni loyihalashtirish haqida tushuncha berildi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida loyihaning tashabbus, rejalashtirish, amalga oshirish, yakunlash va monitoring kabi bosqichlarida qanday ishlarni amalga oshirish, zaruriy hujjatlar to‘plami bilan ishlash, muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha savollarga javob berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: