Shu paytgacha yutimizning turli hududlaridagi issiqxonalarda, asosan, pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, baqlajon, ko‘katlar hamda sitrus mevalari yetishtirilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda qulupnayning ham issiqxonada yetishtiriladigan turlarini parvarishlash kengaymoqda.
Ani paytda Respublikamiz hududlarida 3 ming nafardan ortiq fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari, tadbirkorlik subyektlarining jami 6 ming gektardan ziyod yer maydonida issiqxona xo‘jaliklari mavjud. Shundan, bugungi kunda 5 ming gektardan ortiq maydonda issiqxonalar faoliyat yuritib kelmoqda. Zamonaviy talablarga javob bera oladigan ushbu issiqxonalarning 40 gektarga yaqin maydonlarida qulupnay ekilgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, issiqxona sharoitida o‘simlikni parvarish qilishning bir necha xil turlari mavjud. Bu usullardan bittasi gidroponik usuli bo‘lib, boshqa an’anaviy usullardan farqi hosildorlikning yuqoriligi, turli xil kasalliklarga chalinmasligi, sarf-xarajatlarning esa kamligidir. Ya’ni barcha o‘simlik uchun kerakli ozuqalar suvda eritilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simlik ildiziga yetkazib beriladi. Ayni paytda 0,8 ming gektar gidroponika issiqxonalari mavjud.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: