Biz qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha turkum materiallar tayyorlashni davom ettiramiz. Bugun biz qishloq xo‘jaligi texnikasini sug‘urtalash haqida so‘z yuritamiz.
Mamlakatimizda qabul qilingan “Oziq-ovqat dasturi”ning asosiy yo‘nalishlaridan biri fermerlikni yanada rivojlantirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish hisobidan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari va hajmini ko‘paytirishdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalarini qishloq xo‘jaligi texnikalari va jihozlar bilan ta’minlash zarur.
Qishloq xo‘jaligi va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarini jahon talablari va standartlariga javob beradigan zamonaviy, unumdorligi yuqori qishloq xo‘jaligi texnikasi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning texnologik asbob-uskunalari bilan jihozlash darajasini tubdan oshirish, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik yangilash lozim.
Avvalo, yetakchi xorijiy kompaniyalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya jalb etishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilingani alohida ahamiyatga ega.
Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berishda quyidagi 3 ta iqtisodiy mexanizmlardan foydalaniladi:
Qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishda turli xavf-xatarlardan sug‘urtalashni kafolatlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Chunki turli nosozliklar natijasida qishloq xo‘jaligi texnikalarining shikastlanishi ishlab chiqaruvchilarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligi texnikasi asosan quyidagi xatarlardan sug‘urtalanishi mumkin.
Sug‘urta shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Materialda “O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urtalashda qanday shartlar qo‘yganligini keltiramiz.
Sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, sug‘urta qildiruvchi sug‘urta hodisasi yuz berganligi hamda qishloq xo‘jaligi texnikasining shikastlanganligi yoki yo‘qolganligi to‘g‘risida 3 (uch) kun ichida sug‘urtalovchiga yozma ariza berishi shart. Qishloq xoʻjaligi texnikasi shikastlanganda, agar sugʻurta qildiruvchi taʼmirlash ishlarini oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirgan boʻlsa, sugʻurtalovchi taʼmirlash ishlari uchun qilingan xarajatlarni qoplaydi.
Sug‘urtalangan qishloq xo‘jaligi texnikasi shikastlangan yoki to‘liq yo‘qolgan taqdirda sug’urtalovchi sug‘urta qildiruvchiga qishloq xo‘jaligi texnikasining sug‘urta summasi miqdorida tovon to‘laydi.
Qishloq xo‘jaligi texnikasi shikastlangan taqdirda, baholash faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan baholovchi tashkilot tomonidan tuziladigan zararni baholash dalolatnomasida ko‘rsatilgan miqdorda, lekin sug‘urta summasidan oshmaydigan miqdorda to‘lanadi.
Qishloq xo‘jaligi texnikasini takomillashtirish va boshqa xarajatlar qoplanmaydi.
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta hodisasi bilan bog‘liq quyidagi zarur hujjatlarni Sug‘urtalovchiga taqdim etadi:
Sug‘urtalangan qishloq xo‘jaligi texnikasining nobud bo‘lishiga yoki shikastlanishiga sabab bo‘lgan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda, hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga sug‘urtalovchi, sug‘urta qildiruvchining vakillari, hodisani tavsiflovchi rasmiy tashkilot vakillari, ekspertlar va boshqalar kiradi.
Sug‘urta kompensatsiyasi Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta hodisasini tan olish to‘g‘risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 5 (besh) bank kuni ichida to‘lanadi.
Material “O‘zagrosug‘urta” AJ boshqarmasi sug‘urta to‘lovlari departamenti direktori, iqtisod fanlari nomzodi Abdurashid Vahobov bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Muallif: Irina Silkina
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: