2023-yil 26-yanvar kuni Qirg‘iz Respublikasi Bishkek shahrida “O‘zbekiston—Qirg‘iziston” biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qirg‘iz Respublikasiga tashrifi arafasida o‘tkazilmoqda.
Tadbirda ikki davlat rasmiylari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, vazirlikning bosh boshqarmasi boshlig‘i Shohrux Tolibov, Investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Akbar Boboxonov, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Biznes-forum ikkita panel muhokamasi, davra suhbati, hujjatlarni imzolash marosimi, B2B uchrashuvlari va ikki davlat ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishidan iborat.
Tadbirda iqtisodiy hamkorlik istiqbollari, ishbilarmonlik masalalari muhokama qilindi. Davra suhbatida mamlakatlarimizning integratsiyasi va iqtisodiy rivojlanishi mavzusi muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan agrosanoat majmuasi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari aylanmasini oshirish sohasida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi “Yo‘l xaritasi”ning imzolanishi muhim voqea bo‘ldi.
– Hamkasbimiz bilan qishloq xo‘jaligi sohasiga oid hujjat imzoladik. Ushbu hujjat keng ko‘lamli yo‘nalishlarni, asosan chorvachilik, bog‘dorchilik va biz hamkorlik qiladigan boshqa shu kabi sohalardagi loyihalarni o‘z ichiga olgan «Yo‘l xaritasi»dir.
Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va uchinchi davlatlarga birgalikda eksport qilish bo‘yicha shartnomalar imzolangan. Amaldagi “Yo‘l xaritasi” xususiy tadbirkorlarimizning qariyb 500 million dollarlik loyihalarini o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar kompleksidir”, — dedi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov.
Malumot uchun
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko’ra, 2022-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdosi hajmi 17,2 foizga o‘sib, 7,5 milliard AQSh dollariga yetdi va bu mamlakat umumiy savdosining 15 foizini tashkil etdi.
Qirg‘iz Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi 1,3 milliard dollar (o‘sish 32,1 foiz), eksport hajmi 979,3 million dollar, import hajmi 280,7 million dollarga yetdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: