Mamlakatimizga 25-dekabrdan qish faslining chillasi kirib keladi. Bu paytda bog‘bonlarimiz bog‘lardagi ekinlarga yaxob, ya’ni chilla suvini berishni boshlashadi. Yaxob suvini mevali daraxtlar uchun juda katta foydasi bor. U bog‘lar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan agrotexnik tadbirdir.
Bog‘ va tokzorlar uchun yaxob suvi berishning afzalliklari:
Aksariyat ekinlarga yaxob suvi yanvar oyida beriladi. Yanvar oyida ekinlarga yaxob suvi berilmagan bo‘lsa, fevral oyida 1-2 marta bog‘ va tokzorlar uchun berish zarur. Bunda har gektarga 1 500–2 000 m3 suv sarflanib, 4–5 kun sug‘oriladi. Yaxob suvi ichgan meva daraxtlari va toklarning asosiy ildizlari joylashgan qismlari yaxshi namlanadi. Shuningdek, yaxob suvi berilganda tuproq 2 metr chuqurlikkacha to‘liq namlanadi. Natijada sug‘orish soni 1–2 taga qisqarib, 700–1 400 m3 suv tejaladi.
O‘zbekistonda tokzorlarni sug‘orish. Mamlakatimizda ekinlarni egatlarda sug‘orish keng tarqalgan. Yaxob suvi ham shunday egatlarda beriladi. O‘q ariqlardan suv tok qator oralarida ochilgan kichik egatlarga oqadi. Sug‘orish egatlari orasidagi masofa tokzor tuprog‘i va tok qator oralari kengligiga bog‘liq.
Tok o‘simligini sug‘orishda uning qanday nav ekanligi, uning o‘ziga xos xususiyatlari va tuproq-iqlim sharoitini hisobga olish lozim. Tokning yaxshi o‘sishi va hosil qilishi uchun tuproqning namligi dala suv sig‘imidan 70% dan kam bo‘lmasligi eng.
Tok o‘simligining suvga bo‘lgan ehtiyoji uning rivojlanishining fazalarida turlicha bo‘ladi. Tuproqning namligiga qarab, sug‘orishni boshlash va qancha miqdorda suv berishni aniqlash mumkin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: