Qish mavsumida keskin sovuq bo‘lganda, sabzavot mahsulotlarini o‘rnatilgan tartibda saqlash oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda, respublikamizda sabzavot ekinlarini saqlashga mo‘ljallangan 4 400 dan ortiq umumiy sig‘imi 1,5 mln tonna bo‘lgan omborxonalar mavjud.
Respublikamizda 2022-2023- yil qish mavsumiga 583 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 640 ming tonna zaxira qilingan. Jumladan, asosiy sabzavot ekinlari:
291 ming tonna kartoshka zaxira qilish rejalashtirilgan, amalda 297 ming tonna;
74,5 ming tonna piyoz zaxira qilish rejalashtirilgan, amalda 93,2 ming tonna (ayni kunda hududlarda zaxira miqdori 87 ming tonna va aholi xonadonlarida 232 ming tonna, jami 319 ming tonna piyoz mahsuloti borligi viloyatlar tomonidan tasdiqlanmoqda).
138,4 ming tonna sabzi zaxira qilish rejalashtirilgan, amalda 159 ming tonna.
Qish mavsumiga zaxira qilingan sabzavotlarni saqlashda o‘ziga xos meʼyor va talablar mavjud. Zaxiradagi sabzavot mahsulotlari faol shamollatish va muzlatgichli statsionar omborlarda hamda aholi xonadonlarida mavsumiy omborxonalarda saqlanadi. Ana shu yo‘l bilan aholini sabzavotga bo‘lgan ehtiyojini yil davomida qondirish imkoniyati yaratiladi.
Sabzavotlarni isteʼmol qilinmaguncha yo‘qotishlarni kamaytirish va sifatini saqlab qolish uchun oqilona boshqaruv sabzavot saqlash uchun muzlatkich uskunalardan (kameralar va boshqa qurilmalar) foydalanish asoslidir.
Sabzavotlarni saqlashga quyiladigan talablar
Har bir oziq-ovqat mahsuloti texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga – sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlari (SanQvaN), davlat standarti (GOST), tashkilot standartiga asosan saqlanishining muayyan talablari belgilangan.
Yaʼni, har bir mahsulot qoida va me’yorlarda belgilangan maʼlum harorat va havoning nisbiy namligida saqlanishi lozim.
Saqlash rejimi quyidagi muhim omillarni o‘z ichiga oladi: harorat, havo namligi, havo almashinuvi, gaz muhiti va yorug‘lik tarkibi.
Sabzavot mahsulotlarni saqlash jarayonida belgilangan havo haroratidan pasayib ketishi mahsulotlarni muzlab qolishiga sabab bo‘ladi.
Quyida asosiy sabzavotlarni omborxonalarda saqlashda havo haroratiga qo‘yilgan talablari keltirilgan:
piyoz – faol shamollatish va muzlatgichli statsionar omborlarda hamda aholi honadonlarida mavsumiy omborxonalarda saqlanadi. Bunda havo harorati -1 dan -3° darajagacha haroratda va nisbiy namlik 80-90% gacha saqlanadi.
Sovutkichlar bo‘lmasa, qishi barqaror bo‘lgan hududlarda piyoz sovuq-issiq usulda tabiiy yoki faol ventilyatsiyasi bo‘lgan, haroratni 18-25 °daraja oralig‘ida va havo namligini 50-70% ushlab turadigan omborlarda saqlanadi. Kuzda va bahorda, qishda esa mos ravishda -1 dan -3 °darajagacha va 80-90% gacha. Qishi iliq bo‘lgan joylarda, muzlatgichlar yo‘q bo‘lganda, 18-25°daraja haroratni va nisbiy havo namligini 50-70% ushlab turadigan piyoz to‘plamlari saqlash usullari qo‘llaniladi.
Sovutkichlar bo‘lmasa, qishi barqaror bo‘lgan hududlarda piyoz sovuq-issiq usulda tabiiy yoki faol ventilyatsiyasi bo‘lgan, haroratni 18-25 °daraja oralig‘ida va havo namligini 50-70% ushlab turadigan omborlarda saqlanadi. Kuzda va bahorda, qishda esa mos ravishda -1 dan -3° darajagacha va 80-90% gacha. Qishi iliq bo‘lgan joylarda, muzlatgichlar yo‘q bo‘lganda, 18-25°daraja haroratni va nisbiy havo namligini 50-70% ushlab turadigan piyoz to‘plamlari saqlash usullari qo‘llaniladi.
Olimlarimizning taʼkidlashlaricha, saqlash paytida piyoz muzlab qolsa, keyinchalik o‘z holiga keladi, deyishadi. Muzlash darajasi -3° daraja oshmagan holda piyoz qavatidagi to‘qima suvlari, muzlagan to‘qima devorlari zararlanmaydi va o‘z holiga keladi.
kartoshka – faol shamollatish va muzlatkichli statsionar omborlarda hamda aholi honadonlarida mavsumiy omborxonalarda saqlanadi.
Sovutkichli omborlarda 2,5 dan 4° darajagacha haroratda va nisbiy namlik 80-90% gacha saqlanadi.
Sovutkichlar bo‘lmasa, qishi iliq bo‘lgan joylarda, muzlatkichlar yo‘q bo‘lganda, 8-10° daraja haroratni va nisbiy havo namligini 80-90% ushlab turadigan joylarda saqlanadi. Saqlash jarayonida havo harorati pasayib ketgan paytlarda istisno tariqasida + 1° darajada, lekin 0° darajadan past bo‘lmagan haroratda saqlash tavsiya etiladi. Bundan past bo‘lishi mahsulotning keskin muzlashiga olib keladi.
Sabzi, turp, sholg‘om, osh lavlagi -0,5 dan + 1° darajagacha bo‘lgan tebranishlar bilan 0° daraja haroratda, lavlagi – 1-2° darajada, lekin 0° darajadan past bo‘lmagan haroratda saqlash tavsiya etiladi. Faol shamollatish bilan jihozlangan omborlarda haroratni imkon qadar tezroq optimallashtirish kerak. Ildizmevali ekinlari 95-98% oralig‘ida havo namligining optimal sharoitida yig‘ib olingandan so‘ng darhol sovuq kameralarga saqlash uchun joylanadi. 0° darajadan harorat past bo‘lishi mahsulotning keskin muzlashiga olib keladi;
karam – faol shamollatish va muzlatkichli statsionar omborlarda saqlash muddati nav yoki duragayning saqlash sifatiga qarab 1-3 oyni tashkil qiladi. (qisqa muddatli), 4-5 oy, 5-6 oy, yoki 7-8 oy (uzoq).
Oziq-ovqat karamning zich bargli navlarini saqlash paytida havo harorati -1 dan 0° darajagacha, past bo‘yli navlar – 1,5 dan
0,5° darajagacha, nisbiy, havo namligi – 90-98% ichida.
Eslatma: shu kunlarda piyoz masalasida juda ko‘p savollar berilayotgani bor gap. Masalaga qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari atroflicha javob berib kelyapdilar. Shu o‘rinda, bir jihatga eʼtibor qaratish lozim. Maxsus omborxona va muzlatkichlarda saqlanayotgan piyozlarni muzlashi bilan bog‘liq gaplar asosga ega emas. Bu yerlarda havo harorati moʻtadil va o‘rnatilgan talablar doirasida bo‘ladi. Zaxira mana shu mahsulotlardan kelib chiqib belgilanadi va statistik maʼlumotga kiritiladi. Ammo, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida tadbirkorlar ham aynan mana shu mahsulotni yetishtirib, saqlash bilan shug‘ullanganlar. Odatda, ular ko‘pincha ochiq havo va moslanmagan yerlarda piyozni saqlashadi. Tabiiyki, anomal sovuq o‘z navbatida, ushbu mahsulotlarga taʼsir qilgan. Natijada, ana shu ochiq havo ostida qolib ketganlarigina muzlagan. Ayni kunda ularni joyidan jildirish mumkin emas. Boisi, piyoz birdaniga havo haroratining o‘zgarishiga juda taʼsirli. Bu esa mahsulotni isteʼmolga yaroqsiz holga keltiradi. Galdagi vazifa ushbu ochiq havoda saqlangan mahsulotlarni tabiiy yo‘l bilan erishini kutish va shundan keyingina yaroqliliga qarab isteʼmol maqsadlariga yo‘naltirish choralarini ko‘rish mumkin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: