2022-yilning 26-dekabr kuni Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida Erasmus+ dasturining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Erasmus+ CBHE loyihalarining qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit sohasidagi oliy ta’limga ta’siri” mavzusida Klaster yig‘ilishi o’tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respulikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy taʼlimni rivojlantirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish markazi vakillari, koordinatorlar, ilmiy-tatqiqot institutlari xodimlari shuningdek, IAU talabalari va o‘qituvchilari ishtirok etdi. Erasmus+ dasturi Yevropa, MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlari universitetlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Uning keng ko’lamdagi faoliyati respublikamizda oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishga qaratilgan.
Erasmus+ dasturi hozirda respublikaning barcha hududlaridan jami 65 ta universitetni qamrab olgan. Xususan, oliy taʼlim muassasalarida chorvachilik, veterinariya, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ekologiya kabi yo‘nalishlardagi loyihalar moliyalashtirildi.
Bugungi kungacha 6 ta tanlov doirasida (2015-2020) Oʻzbekiston uchun jami 43 ta Erasmus+CBHE loyihasi amalga oshirilmoqda.
2022-yilda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ishtirokida 7 ta yangi “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish” loyihasi moliyalashtirish uchun tanlab olindi. Saralangan loyihalardan 3 tasi qishloq xo‘jaligi, veterinariya, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalariga to‘g‘ri keladi.
Tadbirda Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali, Andijon aviatexnologiyalar instituti hamda boshqa yo‘nalishdagi oliy taʼlim muassasalarining qishloq xo‘jaligiga oid loyihalarining taqdimotlari ham bo‘lib o‘tdi. Seminar so‘nggida loyiha natijalari, ularning agrar sohadagi ahamiyati haqida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
E’tiborlisi, ushbu tadbir orqali qishloq xo‘jaligiga doir eng yaxshi amalga oshirgan loyihalarini keng jamoatchilikka, agrar soha vakillariga yetkazilib, amaliyotga tatbiq etiladi.
Shuningdek, tadbirning Xalqaro universitetda tashkil etishdan maqsad uning jamiyatga yanada tezroq qo‘shilishini, Erasmus loyihalari orqali xorijlik va o‘zbekistonlik talabalarning bilim almashuvini ta`minlashdan iborat.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: