20-21-22-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazida vazirlik hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ekspert komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda “O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reеstri”ga 2023-yildan kiritiladigan, chiqariladigan va istiqbolli navlar qatoriga kiritiladigan navlar va duragaylarni tanlash bo‘yicha ekspertlarning xulosalari tinglandi.
Mamlakatimiz hududida turli tuproq iqlim sharoitlarda joylashgan meva-sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari-11 ta, texnik ekinlari-33 ta va don va ozuqa ekinlari bo‘yicha-20 ta nav sinash va stansiya uchastkalarida konkurs sinovlari o‘tkazildi.
Ekspert komissiyalari yig‘ilishlarida mahalliy va xorijiy (Niderlandiya, Koreya, Italiya, Turkiya, Vengriya) seleksiya yutuqlari – qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlari va duragaylari (texnik, don va dukkakli, moyli, sabzavot, poliz va ozuqa ekinlari, kartoshka, mevali daraxtlar, uzum) nav sinash stansiya va uchastkalari tomonidan konkurs sinov natijalari asosida qimmatli xo‘jalik belgilari andoza navlarga nisbatan taqqoslanib o‘rganildi.
Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan Ekspert komissiyalari yig‘ilishlari xulosalari, jumladan,
Ushbu yig‘ilishdan so‘ng, Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining qaroriga asosan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi buyrug‘i bilan saralab olingan nav va duragaylar “O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestri” nashrida eʼlon qilinadi.
Bu esa, hosildorligi va sifati yuqori navlar va duragaylarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar tomonidan yetishtirilishiga, ko‘payishiga hamda mahalliy va xorijiy importyorlar tomonidan kafolatlangan urug‘lik materiallarini tavsiya etilishiga olib keladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: