6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskaya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar quyidagi masalalar bo‘yicha asosiy masalalarni muhokama qildilar: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarda mo‘ljallangan strategiyasiga muvofiq 2023-2024-yillarda Qishloq xo‘jaligi vazirligini isloh qilish va uning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash dasturi; O‘zbekiston hukumatining yashil iqtisodiyotga o‘tish dasturini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha BMT strategik tashabbuslari (davom etayotgan va rejalashtirilgan) to‘g‘risida xabardorlikni oshirish, bunda qishloq xo‘jaligi sektoriga, jumladan, “yashil rivojlanish” strategiyasi asoslarini ishlab chiqishdagi hamkorlikka,
Orolbo‘yi mintaqasi va Farg‘ona vodiysidagi ishlar, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi sektori uchun milliy moslashuv rejalarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMTTDning mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida siyosiy islohotlar kun tartibiga tashabbuslarning samarali hissasini qo‘shish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning holati muhokama qilindi.
“Bugungi kundagi asosiy vazifamiz davlat apparati faoliyatini ma’muriy-statistik nazorat funksiyalaridan konsultativ xizmatlar ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga o‘tkazishdan iborat. Kelgusi ikki yil ichida biz o‘z ishimizni bir qancha muhim jihatlarga qaratmoqchimiz.
Biz BMTTDning agro-oziq-ovqat sektorida yashil iqtisodiyotga inklyuziv o‘tishni va qishloq xo‘jaligi bilimlari hamda innovatsiyalarining “iqlimga mos” tizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash loyihasini ma’qullaymiz. Uzoq muddatli istiqbolda biz AKIS markazi ishining o‘zini o‘zi moliyalashtirish modelini yaratishga intilmoqdamiz va ishonchim komilki, BMTTD loyihasining natijalari buning uchun yaxshi zamin yaratadi”, — dedi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: