O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan respublikamizda bayram tantanalari va yurtdoshlarimizni taqdirlash tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida ham agrar soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh rahbar va xodimlar «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi.
Tadbirni Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘z tabrigi bilan ochib, mamlakatimizda agrar sohani transformatsiya qilish hamda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishdagi siyosiy, huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlar, Konstitutsiyamizning taraqqiyot va mamlakat kelajagidagi o‘rni haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
Shundan so‘ng vazirlikda samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak-nishoni va pul mukofotlari topshirildi.
Shuningdek, Vazirlikda ishlab kelayotgan yosh mutaxassislarning ota-onalari ham vazirning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alariga munosib ko‘rildilar.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: