Xurmoning vatani Xitoy hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ushbu meva Osiyo, Kavkaz, Yevropa, Amerika va Yaponiyada keng tarqalgan.
Mazkur daraxt dekorativ maqsadlarda va foydali rezavorlar va hatto yog‘och olish uchun ham o‘stiriladi.
Botanika fani nuqtai nazaridan xurmo daraxtining mevasi rezavor hisoblanadi. Bu o‘simlikning mevalari ko‘pincha bir yoki bir nechta urug‘larni o‘z ichiga oladi. Ushbu urug‘lar go‘shtli va suvli et bilan o‘ralgan. Xurmo daraxtlari 500 yilgacha yashashi mumkin.
Mamlakatimiz hududida bu daraxt deyarli hamma joyda o‘sadi. U tomorqa yerlarida mevali daraxt sifatida mashhur.
Xurmo oziq-ovqat mahsuloti sifatida keng qo‘llaniladi. A, C, D va P vitaminlari va organizm uchun foydali mikroelementlarga ega.
Ammo shirin ta‘mlilari bilan birga, yopishqoqlik xususiyatiga ega mevalar ham chiqib turadi. Bu tanin moddasi tufayli. U og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatiga tushganda «cho‘ziluvchan plyonka» ni hosil qiladi, bu esa yopishqoqlik hissini beradi.
Xurmo yopishmasligi uchun uni bir necha kun davomida issiq joyga qo‘yish kerak. Yangi uzilgan mevalar tezda pishib, qorayadi. Shundan so‘ng, ularni qo‘shimcha ishlovsiz iste‘mol qilish mumkin – odatda, to‘liq pishib yetilganidan keyin meva og‘izga yopishmaydi.
Yopishqoqligini yo‘qotishning yana bir usuli bor. Ushbu mahsulotni muzlatish kerak. Haroratning pasayishi tanin miqdorini kamaytiradi va uni yeyish uchun mazali qiladi.
Pishish jarayonini tezlashtirish uchun mevalarni shaffof paketga banan bilan birga solib qo‘yish tavsiya etiladi. Banan o‘zidan etilen moddasini ajratadi va xurmoning tez pishishini rag‘batlantiradi. Faqat xurmoni banan bilan uzoq saqlab bo‘lmaydi, aks holda u yomonlasha boshlaydi.
Odamlar xurmoning yuzlab navlarini yaratishgan. Ular turli xil pishib etish davrlariga ega, mevalarning ta‘mi, hajmi va rangi bilan bir-biridan farqlanadi. Odatda har bir hududning o‘ziga xos afzalliklari bor. Qanday xurmo yaxshiroq ekanligini har bir iste‘molchi o‘z ta’biga qarab hal etadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: