Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari Qahramon Yuldashev va Italiyaning dunyoga mashhur elektr nasoslar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “Pentax Industries S.p.A.” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar va uskunalardan foydalanish ko‘lamini oshirish hamda kompaniya bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida kompaniya vakillari tomonidan muvaffaqiyatli loyihalar taqdimoti o’tkazilib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida kompaniya mahsulotlari qo‘llanilayotganligi ta‘kidlab o‘tildi.
Kompaniya boshqaruv direktori Jorjio Pedrollo o‘z nutqida O‘zbekistondagi suv tejovchi nasoslar va uskunalarni talabga muvofiq, yuqori sifatda yetkazib berishga tayyorligini bildirib o‘tdi.
Vazir o‘rinbosari Q.Yuldashev tomonidan hozirgi kunda AKIS agroxizmatlar tizimi va undagi imkoniyatlar to‘g‘risida ma‘lumotlar taqdim etilib, kompaniyada ishlab chiqarilayotgan nasoslar va suv tejovchi texnologiyalarni Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ko’rgazma maydonida fermerlarga namoyish etish taklifi bildirildi.
Shuningdek, uchrashuv mobaynida hozirda qishloq xo‘jaligida suv tejovchi Avstriya texnologiyalaridan foydalangan holda erishilgan yutuqlar e’tirof etildi. Shunga mos ravishda ushbu kompaniya bilan kelajakdagi o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan amalga oshiriladigan rejalarga e’tibor qaratildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: