AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) o‘g‘itdan samarali foydalanishni qo‘llab-quvvatlashda tuproq/barglarni tahlil qilish xizmatlarini joriy etish yoki takomillashtirishni moliyalashtirish maqsadida tanlov boshlamoqda. Tanlovga O‘zbekiston xususiy korxonalaridan konseptual arizalar qabul qilinadi. Finalchilarga 2 mlrd so‘mgacha bo‘lgan asbob-uskunalar va/yoki individual treninglar taqdim etiladi.
Tanlov tuproqni to‘g‘ri tahlil qilish va o‘g‘itlardan ongli ravishda foydalanish imkonini beradigan eng yaxshi ilovalarni tanlab olishga qaratilgan. Bu, o‘z navbatida, hosildorlikni sezilarli darajada oshirish, o‘g‘itlar tufayli atrof-muhitga yetkaziladigan zararni kamaytirish imkonini beradi.
USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit shunday dedi: “USAID Ўзбекистон ҳукумати ва агробизнес вакиллари билан ҳамкорликда мамлакатдаги ишлаб чиқарувчиларга маҳаллий ва халқаро бозор талабларини қондириш, қишлоқ хўжалигидаги маҳсулдорликни кўпайтириши ва ундаги даромадларни оширишда ёрдам беради. Агар агробизнес вакиллари ўғитдан самарали фойдаланса озиқ-овқат маҳсулотларининг нархи пасайиб, ишлаб-чиқариш ҳажми ошади, бу эса ўз навбатида қишлоқ хўжалиги соҳасининг юксалишига хизмат қилади”.
Joriy yilda USAID oziq-ovqat mahsulotlarining mo‘lligini ta’minlash maqsadida o‘zbek fermerlari va o‘g‘it ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 2 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ ajratilishini e’lon qildi.
O‘simliklarni yetishtirishning asosiy bosqichlarida o‘g‘itlardan foydalanish fermerlarga hosil va daromadni oshirish imkonini beradi. Biroq O‘zbekistondagi ko‘pchilik fermerlar tuproqni tekshirish imkoniga ega bo‘lmagani bois o‘g‘itlarni noto‘g‘ri vaqtda yoki yetarli bo‘lmagan yo bo‘lmasa, ortiqcha miqdorda ishlatishiga olib keladi. O‘g‘itlardan nomaqbul foydalanish o‘simliklarning o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi, atrof-muhitning ifloslanishiga va tuproqning degradatsiyasiga olib keladi, bu esa past hosildorlikka yetaklovchi omildir.
Shu bois tuproqni muntazam ravishda tekshirish o‘g‘itlardan foydalanishni optimallashtirish va hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Fermerlar va agroбизнесларни muayyan ekinlarni yetishtirish uchun zarur bo‘lgan o‘g‘it turlari va miqdori haqida o‘z vaqtida va aniq ma’lumot bilan ta’minlash maqsadida USAID Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi tanlov finalchilari bilan tuproq va barg tahlili bo‘yicha xizmatlarini yaratish yoki mavjudlarini takomillashtirishga sarmoya kiritmoqchi.
Bundan tashqari, dastur doirasida keng turdagi xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar va maslahatchilar fermerlar va agrofirmalarga qo‘shimcha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish uchun tuproq va barg tahlilining ilg‘or usullari bo‘yicha o‘qitiladi. Ariza topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 15-dekabr.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: