O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari Qahramon Yuldashev va “John Deyere Walldorf GmbH & Co.HG” kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligida, xususan paxtachilikda qo‘l mehnatini kamaytirish va mexanizatsiya darajasini hamda hosildorlikni oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Respublikamizda agrar sohada, xususan, paxtachilikda texnika taʼminoti va mexanizatsiya darajasini oshirish mavzusi muhokama etilgan uchrashuvda paxta xomashyosini 20 foizi paxta terish mashinalari yordamida terib olinayotganiga eʼtibor qaratildi.
Mamlakatimizda 1 mln gektardan ortiq maydonda paxta xomashyosi yetishtiriladi. Sohada 1,5 mingdan ortiq paxta terish mashinalarining 140 tasi aynan “John Deere” rusumli paxta terish mashinalari hisoblanadi.
Uchrashuv mobaynida hozirgacha birgalikda erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi mo‘ljallangan ko‘p qirrali hamkorliklar bo‘yicha kelishib olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: