G‘urur va iftixorimiz ramzi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligida ish kuni tabrik xeshteglari bilan boshlandi.
Vazirlikda mazkur sanaga bag‘ishlab “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida maxsus ma’rifat soati o‘tkazildi. Maʼrifat soatida o‘ziga xos tarzda jamoa bilan davlat madhiyasi kuylandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov so‘zga chiqib, Davlatimiz bayrog‘ining qabul qilinishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar, u maʼnaviyatning eng muhim timsoli ekanligi ekanligi hamda rang va timsollarning mazmun-mohiyati haqida batafsil so‘zlab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi.
Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Qudrat Murodov ham so‘zga chiqib, Davlat ramzi bo‘lgan bayrog‘imizning muqaddasligini, u bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, eslatib turishini har bir yosh avlod yodda tutishi lozimligini aytib o‘tdi.
Tadbir davomida Davlat ramzi bayrog‘imizning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik, yosh xodimlar ong-shuuriga singdirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etayotganligi alohida ta‘kidlab o‘tildi.
Shuningdek, ushbu sanaga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar vazirlik tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalarda ham o‘zgacha shukuh bilan o‘tkazildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: