O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, uning tizimidagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan uzumchilik sohasidagi mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar, uzum yetishtirishni ko‘paytirish va uni saqlash, qayta ishlash hamda ichki bozor va eksportga yo‘naltirish, sohani yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori, b.f.d, professor Alisher To‘rayev, Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, polizchilik va kartoshkachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Mirzayev, Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining uzumchilik va mikrovinochilik bo‘limi boshlig‘i q.x.f.f.d O‘tkir Ochildiyevlar ishtirok etishdi.
Uzum yetishtirish ko‘rsatkichlari
2022-yilda respublikadagi mavjud 181 ming gektar uzumzorlarda (fermer xo‘jaliklarida 129 ming gektar, aholida 52 ming gektar) 1,8 mln tonna uzum yetishtirish belgilangan bo‘lib, 10-noyabr holatiga ko‘ra, 1,9 mln tonna (105%) hosil yig‘ishtirib olindi.
Joriy yilda yig‘ishtirib olingan uzum hosilidan 244 ming tonna (o‘tgan yilga nisbatan +106%) ho‘l uzum va 256 ming tonna uzum quritilib, 64 ming tonna mayiz holatida(o‘tgan yilga nisbatan +1,9barobar) eksportga yo‘naltirildi.
Uzumning eksport geografiyasi 11 ta yangi bozorga (Albaniya, Bahrayn, Bolgariya, Braziliya, Vengriya, Italiya, Marokko, Makedoniya, Sloveniya, Serbiya, Tunis, Ispaniya) kengaytirildi hamda 51 ta davlatga yetkazib berildi. Xususan, Rossiyaga 138 ming tonna (+1,9 barobar), Qozog‘istonga 48,3 ming tonna (+36 %), Turkiyaga 5,8 ming tonna (+1,6 barobar), BAAga 4,8 ming tonna (+1,7 barobar) va boshqa davlatlarga 22,4 ming tonna.
Uzum navlari
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi Davlat reestriga 50 ta uzum navi kiritilgan.
Xo‘raki navlar: “Andijon qora”, “Go‘zal qora”, “Janjal qora”, “Kattaqo‘rg‘on”, “Mayskiy cherniy”, “Nimrang”, “Oktyabrskiy”, “Oltinday”, “Parkent”, “Parlet”, “Ranniy Shredera”, “Rangdor”, “Rizamat”, “Toshkent”, “Xindogni”, “Xurmani kizil”, “Oq Xusayni”, “Soyaki”, “Sultoni”, “Surxak kitabskiy”, “Pushti Toyfi”.
Vinobop navlar: “Aleatiko”, “Bayan shirey”, “Kuldjinskiy”, “Magarachskiy”, “Morastel”, “Muskat aleksandriyskiy”, “Muskat vengerskiy”, “Muskat rozoviy”, “Muskat uzbekistanskiy”, “Rkatsiteli”, “Saperavi”, “Risling”, “Tarnau”.
Kishmishbop navlar: “Oq ovalsimon Kishmish”, “Kishmish Botir”, “Kishmish Vira”, “Pushti Kishmish”, “Kishmish Xishrau”, “Qora Kishmish” navlari respublikada keng tarqalgan.
Uzumchilikni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar
2021-2024-yillar davomida 48 ta uzumchilikka ixtisoslashgan tumanda 156 ming gektar yangi uzumzorlarni barpo etish belgilangan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida 85 ming gektar (55%) uzumzorlar barpo etildi.
Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik hamda O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutlarida 1 000 dan ortiq uzumning kolleksion navlari yaratildi.
Bundan tashqari, Rossiyaning “Kurchatovskiy” instituti va “Magarach” ilmiy markazlari, Avstriyaning Uzumchilik va vinochilik Oliy federal kolleji va Italiyaning Boloniya va Florensiya universitetlari bilan uzumning yangi navlarini yaratish bo‘yicha ilmiy hamkorlik amalga oshirilmoqda.
Hozirda “Denova Agro» MCHJ da “in-vitro” sharoitida horijiy uzum navlarining 1,0 mln dona virussiz nihollari yetishtirildi.
Bugungi kunda uzum yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha 15 ta xo‘jalikda “ISO 22000”, “ISO 9001”, “FSSC 22000”, “GLOBAL G.A.P.”, “Organic” standartlari bo‘yicha sertifikat olingan, jumladan “Organic” – 10 ta, “GLOBAL G.A.P.” – 5 ta, “ISO 22000” – 1 ta, “FSSC 22000” – 1 ta, “ISO 9001” – 1 ta.
2022-yil 6-noyabrda Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining 88-son bayoniga muvofiq “Uzum yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun mablag‘ ajratish shartlari va tartibi” tasdiqlandi hamda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlarga 2mln dollar miqdorda aylanma mablag‘lar ajratish choralari ko‘rilmoqda.
Respublikada yetishtiriladigan uzum navlarini kengaytirish, eksport qilish hamda ichki bozorga yetkazib berish maqsadida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan bo‘lib, u quyidagilarni qamrab oladi:
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: