Bugungi kunda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Escolado Business” MCHJ korxonasida rezavor mevalar yetishtirilmoqda.
Ilgari dengiz sathidan 1500 metr balandlikda joylashgan ushbu yer maydonlari chorva uchun yaylov sifatida foydalanib kelingan. 2017–yilda korxona tomonidan 15 gektar yer o‘zlashtirilib, 7 km uzoqlikdagi 350 metr balandlikdan quvurlar yordamida suv olib kelingan. 2021–yildan boshlab esa ko‘chatxonalarda ko‘paytirilgan rezavor mevalardan qulupnay va malinaning xorijiy navlarini organik usulda yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.
Qulupnay
Ayni vaqtda korxonaga tegishli 2,5 gektar maydonda qulupnayning “Kabrillo” (AQSH), “Albion” (AQSH), “Florida byuti” (AQSH) va “Monterey” (AQSH) navlari yetishtirilmoqda.
Qulupnay 70 x 30 sm sxemasida 1 gektarda o‘rtacha 50 ming dona ekilgan. Ko‘chatlarni osti agrospan bilan yopilgan, somon bilan mulchalangan va har gektariga 30-40 tonna mahalliy o‘g‘it solingan hamda tomchilatib sug‘orilgan holda parvarishlanmoqda.
Ko‘chatlar ekilgan yilidan mavsum davomida (20-m) 130-150 kun hosil berib, bir tupdan o‘rtacha
400-500 gramm qulupnay terilgan va gektardan hosildorlik 20-25 tonnani tashkil etmoqda.
Malina
1,5 gektar yer maydonida malinaning “Delniva” (Polsha) va “Xeriteyj” (AQSH) navlari yetishtirilmoqda.
Malina 3,5 x 0,5 metr sxemasida 1 gektarda o‘rtacha 5,5 ming dona ekilgan. Ko‘chatlarni osti somon bilan mulchalangan va har gektarga 30-40 tonna mahalliy o‘g‘it solingan, tomchilatib sug‘orish uskunasi o‘rnatilgan.
Ko‘chatlar ekilgan yilidan hosil berib bir tupdan o‘rtacha 400 gram malina terilgan. Kelgusi yildan boshlab har bir tupdan
2-3 kilogramm, 1 gektardan 10-15 tonna hosil olish kutilmoqda.
Malina va qulupnayning barchasi remontant navlar hisoblanadi. Bu navlar yilning istalgan mavsumida uzluksiz hosil olish imkoniyatini beradi.
Organik mahsulotni yetishtirishda nimalarga eʼtibor berish kerak?
Aniq maqsadni aniqlab olish
Fermerga ajratilgan yer maydonidagi tuproq sifatini saqlash va yaxshilash, atrof-muhitni himoya qilish, yetishtirilgan mahsulotlarning xavfsizlik ko‘rsatkichlar darajasini ko‘tarish orqali o‘z oila aʼzolarini va aholini sog‘lom, xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash bilan birga yuqori daromad olish mumkin.
Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirishni nimadan boshlash zarur?
Qonunchilik va xalqaro standartlar talablarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish agrotexnologik jarayonlariga joriy qilishda, ichki imkoniyatlarni baholashda va sertifikatlashtirish organini tanlashda, shuningdek, sertifikatlashtirish inspeksiyasini o‘tkazish davrida maslahat hizmatini ko‘rsatish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markaziga murojaat qilish lozim.
Yuqorida keltirilgan yo‘nalishlarni o‘rganish natijasida fermer o‘z sharoitiga baho beradi va yo‘nalishlardagi kamchiliklarini o‘rganadi. Agar yetishmovchiliklarni to‘g‘rilashga imkon bo‘lsa, kamchiliklarni bartaraf etish choralarini hisobga olgan holda yillik ish rejasini ishlab chiqadi.
Yetishtirilgan mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan davlatlar tomonidan tan olingan sertifikatlashtirish organi tanlanadi.
Fermer xo‘jaligida hizmat qilayotgan xodimlar malakasini o‘rganish va ularni respublikamizda amalda bo‘lgan Qonunchilik hujjatlari va “Organic” standart talablarini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv treninglarini o‘tkazishda Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi ko‘maklashadi.
Erishiladigan natijalar
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: