O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari va Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi BioEcUz va AgroDev xalqaro loyihalari kordinatorlari Kulitane Irina va Latviya tabiiy fanlari universiteti professori Berzina Antira ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekistonda bioiqtisodiyotni barqaror rivojlantirish» bo‘yicha yangi magistratura dasturi doirasidagi ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Umidaxon Saidova, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Anvar Djumanov hamda Toshkent davlat agrar universiteti prorektori Abduaziz Abduvasiqovlar qatnashishdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligidan va oliy taʼlim muassasalaridan vakillar 11-18-sentyabr kunlari Polshaning University of Agriculture in Krakow universitetida o‘quv seminarida malaka oshirib kelishgandi. Tashrif mobaynida vakillarimiz ularning taʼlim sohasidagi tajribalarini o‘rganish bilan birgalikda, bioiqtisodiyot yo‘nalishida magistratura bosqichining dasturini muhokama qilishgandi.
Ushbu loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish va natijalarni monitoring qilish uchun tashrif buyurgan ekspertlar Toshkent davlat agrar universitetida uning amaliyoti qanday bajarilayotganiga ham qiziqishdi. Hozirda Toshkent davlat agrar universitetida ERASMUS+ dasturi doirasida 2021-2024- yillar uchun mo‘ljallangan BioEcUz va AgroDev loyihalari amalga oshirilmoqda. AgroDev loyihasi Agrosanoat bilan bog‘liq oliy taʼlimni modernizatsiya qilish, shu orqali Qirg‘iziston va O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini barqaror ishlab chiqarish tizimlarini joriy yetish va samarali boshqarishga xizmat qiladi.
Uchrashuvda oliy taʼlim tizimida magistrlarni qabul qilish darajasi, dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida taklif va tavsiyalar ham muhokama etildi. Loyihani yanada tezroq va samaraliroq davom ettirish bo‘yicha mutaxassislar fikr mulohazalar bildirishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: