Xalqaro Qishloq хo‘jaligi universiteti rektori Munira Aminova, qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (Capacity Building Center) rahbari v.v.b. Oybek Odilov va universitetning bir qator chet ellik professor-o‘qituvchi hamda talabalari Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurishdi.
Tashrif mobaynida ikki tomon o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Hamkorlik shartnomasining maqsadi, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti bakalavriat va magistratura talabalari Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida mavjud ilmiy laboratoriyalari va tajriba maydonlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini yuqori saviyada bajarilishini taʼminlash, ilmiy amaliyotlarni muassasada tashkil etish hamda ilmiy-tadqigot instituti uchun yugori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Tadbir davomida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti zamonaviy laboratoriyalari va issiqxonalari, qishloq xo‘jaligida qilingan yangi ishlanmalari ko‘rsatildi.
Rustam Nizomov, O‘zbekiston Republikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori:
— Bu hamkorlik Memorandumining imzolanishida har ikki tomonning ham manfaatli maqsadlari bor. Maʼlumki, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti talabalari ingliz tilidan yaxshi bilimga ega hisoblanadi. Bizning institutdagi uskunalar, laboratoriyalardagi yo‘l-yo‘riqlari ham ingliz tilida bayon etilgan. Bu esa ilmiy-tadqiqot institutimizga kelib, ingliz tilidagi tajribalarni o‘rgangan talabalar uchun kelgusida o‘z yo‘llarini yanada aniqroq belgilab olishlariga imkon bo‘ladi. Bundan tashqari, xalqaro darajadagi tadbirlarni o‘tkazishda olimlarimiz tomonidan xalqaro miqyosidagi tadqiqot-tajribalarni o‘rganish va tahlil qilishda ham bevosita Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitet talaba va o‘qituvchilarining ko‘magiga tayanamiz va har ikki tomon o‘zlarining imkoniyatlaridan kelib chiqib, o‘zaro yordam beriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: