2022-yilning 1-noyabr kuni Toshkent shahridagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetiga Germaniya Bundestagi deputatlaridan iborat delegatsiya vakillari tashrif buyurdi.
Germaniya delegatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Alisher Shukurov va Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti rektori Munira Aminova hamrohlik qilishdi.
Mehmonlar orasida Bundestag deputatlari: Aniko Glogovski-Merten, Andreas Larem, Robin Vagener, shuningdek, Germaniya elchixonasi xodimlari ham bor edi.
Delegatsiya vakillari Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti faoliyati, mazkur muassasa talabalari tahsil olayotgan yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdi.
Kun tartibidan o‘rin olgan “Ta‘lim – kelajak” mavzusiga oid masalalar muhokama qilinib, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar muammolari ko‘tarildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishga alohida e‘tibor qaratildi.
O‘zbekistonga tashrifi doirasida Germaniya delegatsiyasining 1-2 noyabr kunlari Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi yirik korxonalarga ham tashrif buyurishti.
Malumot o‘rnida, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti delegatsiyasi 2022-yil oktyabr oyi o‘rtalarida Germaniyada bo‘lib, Veyxenstefan-Triesdorf amaliy fanlar universitetining o‘quv kurslari va ushbu universitetning ta‘lim tuzilmasi bilan tanishgan edi. Shu bilan birga, ikki universitet o‘rtasida amaliy o‘quv markazini tashkil etishga ko‘maklashish kabi mavzularni o‘z ichiga olgan hamkorlik shartnomasi imzolangandi. Olimlar, o‘qituvchilar va talabalarning o‘zaro tajriba almashinuvi; o‘qitishning ilg‘or uslublarini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma professional konferentsiyalar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: