Samarqand shahrida «ICTWEEK Uzbekistan–2022» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.
AKT haftaligi va uning doirasidagi tadbirlarda sohada faoliyat yuritayotgan qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, respublikaning vazirlik, idoralar va tashkilotlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining AKT ni joriy etish yo‘nalishiga masʼul rahbar va mutaxassislari ishtirok etishmoqda.
Haftalikning ilk kuni Raqamli industriyaning eksport salohiyatini oshirish, O‘zbekistonda elektron hukumatning rivojlanish istiqbollari, Raqamli infratuzilmani rivojlantirish masalalariga oid maʼruzalar muhokamasiga bag‘ishlandi.
Tadbirda 4000 kvadrat metr maydonda tashkil etiladigan ko‘rgazmada jami 100 dan ziyod xorijiy va mahalliy kompaniyalar o‘z xizmatlari, dasturiy yechimlari va mahsulotlarini namoyish qilishmoqda.
Shuningdek, tadbirlar doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va bir qator idora va kompaniyalarning agrar sohaga doir quyidagi masalalarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi:
Haftalik 27-oktyabrga qadar davom etadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: