25-oktyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston hukumati, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida “Yevropa-Markaziy Osiyo mintaqasida oziq-ovqat tizimini transformatsiya qilishni moliyalashtirishning umumiy yo‘li” mavzusida mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Kecha, 24-oktyabr kuni BMT Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) tomonidan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining bevosita ishtirokida ishlab chiqilgan 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan yangi strategik imkoniyatlar dasturi (COSOP) O‘zbekiston hukumatiga taqdim etildi.
Konferensiya doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasini ochish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi o‘tkazildi.
Shuningdek, quyidagi mavzularda muhokamalar tashkil etildi:
“Respublikada davlat byudjeti va xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etgan holda investisiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Hukumat kafolati ostida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan jami 1,8 milliard AQSH dollariga teng 7 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.
Xalqaro hamkorlar bilan yaqin hamkorlikda “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2030-yilgacha bo‘lgan strategiyasi”, shuningdek, mamlakatimiz o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan qator davlat tarmoq dasturlari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. O‘zbekistonning Jahon banki, IFAD va FAOning qishloq xo‘jaligi statistikasini rivojlantirish bo‘yicha “2030-yilgacha 50 ta strategiya” deb nomlangan qo‘shma tashabbusiga qo‘shilishi qishloq xo‘jaligi sohasini muvofiqlashtirish va kelajakdagi muammolarga tezroq javob berish qobiliyatimizni oshiradi. Loyihalarning shaffofligi va kelgusida rejalashtirish samaradorligini oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda loyihalarning monitoring qilish va hisobot berishning kompyuterlashtirilgan tizimini yaratishimiz kerak bo‘ladi”, – dedi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov.
Iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishi va qashshoqlikning kuchayishi singari global tahdidlar sharoitida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) va O‘zbekiston hukumati o‘z hamkorligini kengaytirmoqda.
Kelgusi besh yil davomida IFAD va O‘zbekiston hukumati 1,2 million nafar qishloq aholisi, kichik fermer xo‘jaliklari ishlab chiqaruvchilar, ayollar va yoshlardan iborat 205 ming qishloq uy xo‘jaliklarining barqarorligi va unumdorligini oshirishga sarmoya kiritish majburiyatini oladi. Inqirozlar chuqurlashib borayotgan mintaqaviy sharoitda IFAD ko‘magi fermerlarning raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi bozorlariga kirishini yaxshilashga, shuningdek, innovatsiyalarni kengaytirishga va iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirishga qaratiladi. COSOP iqlim jihatidan optimallashtirilgan aqlli qishloq xo‘jaligi va yerni barqaror boshqarish bo‘yicha hosildorlikni oshiradigan yondashuvlar uchun sarmoya kiritadi.
Mamlakat dasturi doirasida tengsizliklarni bartaraf etish uchun ayollar mehnatiga e’tiborni kuchaytirish choralari ko‘riladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri benefitsiarlarning 30 foizini yoshlar tashkil etadi, bunda qishloqdagi tadbirkorlik va raqamli texnologiyalardan teng foydalanishga e’tibor qaratiladi. COSOP, shuningdek, yangi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, yanada yaxshilangan sanitariya standartlarini qabul qilish va ishlab chiqarish tizimlari uchun xalqaro miqyosda tan olingan standartlarni qo‘llash orqali oziq-ovqat xavfsizligi va to‘yib ovqatlanmaslik muammosini hal qiladi.
COVID-19ning umumiy ta’siri, mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar, iqlim o‘zgarishi — bularning barchasi O‘zbekistondagi kichik fermerlar va ishlab chiqaruvchilarning turmush tarziga ta’sir qilmoqda. Besh yillik strategiya yordamga muhtoj bo‘lgan eng zaif hamjamiyatlarga o‘z vaqtida yordam rolini o‘taydi.
“IFAD O‘zbekistonning inklyuziv va barqaror oziq-ovqat tizimini mamlakat qishloq aholisi manfaati uchun o‘zgartirishga yordam berish maqsadida Fondning takomillashtirilgan biznes modelini to‘liq yo‘lga qo‘yadi”,— dedi IFAD mintaqaviy direktori Fidi Rajaonson. IFAD resurslari va qo‘shma moliyalashni o‘z ichiga olgan holda 600 million AQSH dollaridan oshadigan ish dasturi bilan COSOP 2023-2027 yillarda ish o‘rinlari yaratishda siyosiy qo‘llab-quvvatlash haqidagi daliliy ma’lumotlar va xususiy sektor ishtirokiga asoslangan transformativ investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun hamkorliklar va rivojlanishni muvofiqlashtirishdan foydalanadi.
Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining qariyb 30 foizini tashkil etadi, bu Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng yuqori ko‘rsatkichdir. O‘zbekistonliklarning yarmi, mamlakatdagi kam ta’minlangan aholining 75 foizi qishloqlarda istiqomat qiladi. 2021-yil holatiga ko‘ra, kichik ishlab chiqaruvchilar va dehqon xo‘jaliklari (kichik tomorqa yerlar) 5,5 million qishloq aholisini tashkil etadi, shundan 99 mingga yaqin uy xo‘jaliklariga IFAD tomonidan bog‘dorchilik va sut yetishtirish tarmoqlarida qiymat yaratish imkoniyati berilgan.
O‘zbekiston 2011-yilda jamg‘armaga a’zo bo‘lganidan beri IFAD umumiy qiymati 435 million AQSH dollarilik uchta investitsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lib, shundan 129 million dollari IFAD tomonidan moliyalashtirildi. Bular IFAD ishtirokida amalga oshirilayotgan va amalga oshirib bo‘lingan loyihalar: “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” (amalga oshirish muddati: 2019-2025 yillar); 2014-2019-yillarda amalga oshirilgan “O‘zbekiston sut tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” (amalga oshirish muddati: 2017-2022 yillar) va 2014-2019-yillarda amalga oshirilgan “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash”.
IFAD xalqaro moliya tashkiloti va BMTning ixtisoslashgan muassasasi bo‘lib, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi markazi Rim shahrida joylashgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: