O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) Yevropa Ittifoqi ko‘magida milliy va global tajribani uyg‘unlashtirmoqda. Ushbu markaz faoliyati joriy yil boshida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini modernizatsiya va transformatsiya qilishni jadallashtirishning yangi usullarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatning global agrar oziq-ovqat savdo hamkori maqomini oshirish yo‘lida “o‘zgarishlar katalizatori” vazifasini bajarishi kutilmoqda.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian xonim ISCAD markazining ahamiyati va salohiyatini alohida taʼkidlab, mazkur xalqaro markaz dunyoning turli burchaklaridan kelgan ekspertlar uchrashib, bilim va tushuncha almashadigan, O‘zbekiston uchun dolzarb masalalarga qimmatli yechim topadigan bilimlar markazi bo‘ladi, bu yerda kelajakdagi oziq-ovqat mahsulotlarini rivojlantirish yo‘llari xaritasini tuzadi. Qolaversa, markaz soha amaliyotchilarining dalillari va tushunchalarini o‘zida jamlagan yangi tizimlarni ishlab chiqish orqali fermerlar va qishloq fuqarolarining hayoti va daromadida ijobiy o‘sish yaratadigan yangi siyosatlar, dasturlar va pilot loyihalarni joriy etishga ko‘maklashishni maqsad qilgan.
Elchining to‘liq intervyusi bilan Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi veb saytida (o‘zbekcha subtitrlar) tanishishingiz mumkin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: