O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligida “Organik dehqonchilik” va “GLOBAL G.A.P” formatlaridagi mahsulotlarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir vazirlikning Organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Seminar Agentlik xodimlari uchun o‘tkazildi. Shuningdek, ushbu agentlikning hududiy xodimlari videokonferensaloqa (VKA) formatida tadbirda ishtirok etishdi.
Undan ko‘zlangan maqsad iste’mol uchun sifat va xavfsizlik talablariga javob beradigan xalqaro standartlar bo‘yicha yetishtirilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirishni targ‘ib qilishdan iborat.
“Ishonchim komilki, kelajak organik mahsulotlarniki. Bu mahsulotlar narxi qimmatroq bo‘lishiga qaramay, tashqi bozorda ularga talab katta. Bunday mahsulotlarning sifati jahon bozoridagi trenddir. Bu omilni inobatga olishimiz kerak”, – dedi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining Xalqaro hamkorlik investisiyalari boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Ibrohimov.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: