O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti (ITI) huzuridagi O‘zbekiston-Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazida kartoshka o‘simligining 5 ta in-vitro (virus free) navi ilmiy-tadqiqot instituti issiqxonasiga tajriba maqsadida joylashtirildi. O‘simlik navlari Vengriya texnologiyasi bo‘yicha ekildi.
Ushbu tajriba “Vengriya kartoshka navlari urug‘ini ishlab chiqarish texnologiyasini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish” loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Ekish jarayoniga Toshkent davlat agrar universiteti talabalari, institut yosh olimlari jalb etildi. Jarayon Qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti (MATE) professori Jolt Polgar (Vengriya) tomonidan boshqarildi va muvofiqlashtirildi (zoom orqali).
Bunday o‘simliklarning rivojlanishi uchun ozuqaviy muhitni tayyorlashda meyyorlarni hisobga olish kerak. Torf bilan o‘g‘itlashda issiqlik rejimi va to‘g‘ri sug‘orishga amal qilish tavsiya etiladi.
Jarayon haroratni nazorat qilishni hisobga olgan holda ekinning alohida to‘qimasini ko‘paytirishdan boshlab tashkil etilgan. So‘ngra ekinni ommaviy ko‘paytirish, minituganakalarni ishlab chiqarish, maxsus qutilarda o‘stirilgan keyingi avlodlarni yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Keyin esa dalada ekish va super elita urug‘larini olish uchun o‘simliklar avlodini yaratish ishlari olib boriladi. Kartoshkaning barcha navlari yuqori mahsuldorlikka ega va ulardan yaxshi hosil olish rejalashtirilgan
Tajriba-sinov bosqichida o‘simliklar nazorat qilinadi. Shundan so‘ng O‘zbekistonda 2023-yil mart oyidan boshlab in-vitro o‘simliklarni ommaviy tarzda ekish rejalashtirilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: