Qarorda ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish hisobiga aholi daromadini oshirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni moddiy resurslar (xizmatlar) bilan uzluksiz ta’minlash hamda yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish bo‘yicha ma’lumot va ko‘rsatmalar berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorning asosiy tezislari.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda – Bog‘dorchilik agentligi) meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 12 oy muddatga, shu jumladan, 11 oylik imtiyozli davr bilan qo‘shimcha 300 milliard so‘m byudjet ssudasini yillik 10 foiz stavkada ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Moliya vazirligiga qaytarilgan mablag‘lar hisobidan yil davomida Bog‘dorchilik agentligining buyurtmanomalari asosida qo‘shimcha byudjet ssudasi ajratib borilishini ta’minlash vazifasi yuklatilsin. Bunda, ajratilgan byudjet ssudasi bo‘yicha qarzdorlikning jami summasi mazkur qaror doirasida 300 milliard so‘mdan oshib ketmasligi kerakligi belgilab qo‘yilsin.v
Mazkur qarorning 1-bandida belgilangan mablag‘lar Bog‘dorchilik agentligi tomonidan tijorat banklariga resurs sifatida yo‘naltirilgan holda, Bog‘dorchilik agentligining loyiha ofislari rahbarlarining hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining tavsiyasiga ko‘ra:
qishloq xo‘jaligi korxonalariga – meva, uzum, kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, dukkakli va moyli ekinlar (keyingi o‘rinlarda – qishloq xo‘jaligi ekinlari) yetishtirishga urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i, o‘simliklarni himoya qilish vositalari yetkazib berish uchun;
mahsulotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi korxonalarga – yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini xarid qilishda talab etiladigan aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun ajratiladi.
Bunda, uzum yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga mablag‘ ajratish shartlari Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanad.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.Xodjayev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.Ko‘chimov) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A.Voitov) bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi ta’minlasin.
Qaror mazmuni bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin:
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: