Oziq–ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining moliyaviy ko‘magi asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy–tadqiqot instituning yosh olimlaridan besh nafari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga malaka oshirish maqsadida tashrif buyurishdi. U yerda Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi Rossiya davlat agrar sirtqi universitetining professor o‘qituvchilari bilan xalqaro hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
“Ildizli ekinlarni yetishtirish va yig‘ib olish mashinalari va texnologiyalarini takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida bo‘lib o‘tgan ilmiy seminarda sohaga oid fikr-muhozalar bildirilib o‘tildi va hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar qo‘shma ilmiy loyihalar, xalqaro ilmiy forum va anjumanlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha qiziqish bildirib, bu borada hamkorlikka kelishib olishdi.
Ushbu yosh olimlarning tashrifi va hamkorlik uchrashuvlari Prezidentning 2022-yil 13-iyunda o‘tkazilgan Standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishga asosan tashkillashtirildi. Unda korxona va tashkilotlarning 3 ming nafar mutaxassislarini faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra, qo‘shimcha o‘qitish qayd etilgandi. Shu munosabat bilan Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Hamkorlik doirasida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ITI yosh olimlari va doktorantlaridan 4 nafarini Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasiga, 5 nafarini Yaponiyaning Xalqaro qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot markaziga, 5 nafarini Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutiga, 4 nafarini Italiya davlatining qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlab chiqaruvchi “NARDI” firmasiga, 4 nafarini Germaniya davlatidagi Myunxen va Xoyenxaym universitetlariga hamda 5 nafarini Rossiya Federasiyasining Moskva shahrida joylashgan Agroinjenerlik federal ilmiy markazi(VIM)ga qisqa muddatli tajriba oshirishga yuborish rejalashtirilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: