Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida Erasmus+ dan seminar
12-oktyabr kuni Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti (IAU) binosida “O‘zbekistonda Erasmus+ haftaligi” doirasida Erasmus+ vakillari tomonidan seminar tashkil etildi. Seminarda universitet xodimlari, o‘qituvchilari, shuningdek, IAU va Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU) talabalari ishtirok etishdi.
Seminarda Erasmus+ vakillari O‘zbekistonda Erasmus+ dasturining oliy ta’limda salohiyatni oshirish borasida taqdim etayotgan imkoniyatlari va tizimda “yangilar” uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘zlab berishdi. Shundan so‘ng Toshkent davlat agrar universiteti vakillari Oliy ta’lim bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning (OTMK) yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini barqaror ishlab chiqarish sanoatini qo‘llab-quvvatlash mavzusidagi loyihasini amalga oshirilishi, shuningdek, O‘zbekistonda barqaror bioiqtisodiyot bo‘yicha yangi magistratura dasturlari haqida ma’lum taqdim etishdi.
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida Erasmus+ dan seminarErasmus+ — ta’lim va sport, kasb-hunar ta’limi, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohalarini qamrab olgan dasturlar bo‘lib, Yevropa Ittifoqiga a’zo va hamkor davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish maqsadini ko‘zlaydi. Dastur Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.
Gulshoda Karliboyeva, Erasmus+ning O‘zbekistondagi milliy ofisining loyiha menejeri:
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida Erasmus+ dan seminar– Erasmus+ dasturlari oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va akademik vakillari uchun o‘tkaziladigan seminar va treninglar orqali ularning malakasi, bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkonini beradi. Shuningdek, bizning dasturlarimiz talabalar uchun Yevropa universitetlarida o‘qish va amaliyot o‘tash istiqbollarini yaratadi. Erasmus+ O‘zbekistondagi yagona grant dasturidir. Markaziy Osiyo mamlakatlari universitetlari 1994-yildan buyon Erasmus+ dasturlarining bir qismiga aylangan. Aastlab u Tempus nomi ostida faoliyat yuritar edi. 2014-yildan esa avvalgi barcha muvaffaqiyatli dasturlar birlashtirilib, hozirda Erasmus+ umumiy nomi ostida amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda Erasmus+ dasturlari uchun eng ommabop yo‘nalish oliy ta’limda salohiyatni oshirish hisoblanadi. 2014-yildan buyon ushbu yo‘nalishda O‘zbekistonning 43 ta oliy o‘quv yurti hamda Yevropa Ittifoqi, MDH va Markaziy Osiyo davlatlarining 80 dan ortiq universitetlari ishtirokida 43 ta loyiha amalga oshirildi. Bu loyihalar universitetlar uchun mavjud o‘quv dasturlarini yangilash, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida yangi yo‘nalishlarni yaratish hamda ularning malakasini oshirish imkoniyatlarini yaratmoqda.
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida Erasmus+ dan seminarSavol-javob tarzida o‘tgan chiqishlarda so‘ng IAU va TDAU universitetlari professor-o‘qituvchilari va talabalari dastur bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha masalalarni muhokama qildilar.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: