2022-yil 28-sentyabr kuni Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida Janubiy Koreyaning “Withroad Co., Ltd.” kompaniyasi, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Milliy markaz vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Koreya tomonidan kompaniya bosh direktori Hong Seojin, O‘zbekiston tomonidan esa Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI direktori Rustam Nizomov hamda Milliy markaz halqaro bo‘lim boshlig‘i Sanjar Adilov ishtirok etdi.
Mehmonlarga dastlab Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy faoliyati bo‘yicha maʼlumot berildi, ikki tashkilot faoliyati bo‘yicha suhbatlashildi, shuningdek, kartoshkachilik sohasi bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.
Tadbir so‘ngida tomonlar o‘rtasida O‘zbekistonda zamonaviy in vitro usulida kartoshka urug‘liklarining sog‘lom mini tuganaklarini ko‘paytirish, issiqxona sharoitida mikro tuganaklarini yetishtirish va ommaviy ishlab chiqarish usullari hamda yetishtirish texnologiyalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini hamkorlikda olib borish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi va kelajakda bajariladigan hamkorlik ishlari kelishib olindi.
28 сентября 2022 г. в Национальном центре знаний и инноваций в сельском хозяйстве состоялась встреча между южнокорейской компании «Withroad Co., Ltd.», Научно-исследовательским институтом овощебахчевых культур и картофеля и представителями Национального центра.
Во встрече приняли участие Хонг Сеоджин, генеральный директор южнокорейской компании, Рустам Низомов, директор ИТИ овощбахчевых культур и картофеля, и Санжар Адылов, начальник международного отдела Национального центра.
Гостей проинформировали о научной деятельности НИИ овощебахчевых культур и картофеля и НИИ рисоводства. Были обсуждены перспективы сотрудничества в области картофелеводства.
В завершение мероприятия был подписан Меморандум о сотрудничестве в целях проведения научно-исследовательских, опытнох работ по размножению здоровых мини-клубней картофеля в Узбекистане по современному in-vitro методу, а также согласованы дальнейшие работы по сотрудничеству.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: