O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida Janubiy Koreyaning KOPIA– Uzbekistan xalqaro tashkilotining «Extension Center», ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Janubiy Koreyaning KOPIA–Uzbekistan xalqaro tashkiloti rahbari Sung Jong, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi xorijiy aloqalar va investitsiyalarni jalb etish sektori rahbari Sanjar Adilov, markazning moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Nabira Jumabayeva, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Rustam Nizomov va institut jamoasi ishtirok etib, o‘zlarining fikr va mulohozalarini bildirdilar.
Janubiy Koreyaning KOPIA (Korea Program on International Agriculture) tashkiloti jahonning 20 dan ziyod davlatlarida faoliyat olib boradi. O‘zbekistonda markazini ochishdan asosiy maqsad, Janubiy Koreya qishloq xo‘jaligi texnologiyasini O‘zbekiston sharoitida joriy etish, mamlakatdagi fermer, dehqonlar va sohaning boshqa xodimlari daromadini oshirish, shuningdek, respublikada agrar soha rivojiga ko‘maklashishdan iborat.
Bundan tashqari markazi o‘zbekistonlik va xorijiy olimlarni birlashtiradigan maskanga aylanishi kutilmoqda. Ular qishloq xo‘jaligi texnologiyasi sohasi bilan birga meva-sabzavotchilik, kartoshkachilik kabi yo‘nalishlarida ham hamkorlikda ish olib boradi. Qolaversa, Ekstenshn markaziga mamlakatimizning fermer va dehqonlari professional mutaxassislardan maslahatlar olish uchun muntazam kelib turishadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: