Mamlakatimizda an’anaviy dehqon bozorlaridan birmuncha farq qiluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo majmuasi ochildi. Endi fermer va dehqonlar o‘z mahsulotlarini respublikamiz viloyatlaridan olib kelib, ulgurji savdoni vositachilarsiz amalga oshirishlari mumkin.
Bundan tashqari, mahsulotlarni viloyatlardan Toshkent halqa yo‘liga (THAY) kirmasdan, Yangi Sergelidan olib kirish imkoniyati paydo bo‘ldi. O’z navbatida, bu THAYdagi transport oqimini kamaytirishga xizmat qiladi.
Savdo majmuasi Oʻzbekistondagi birinchi qishloq xoʻjaligi klasteri (bir hududda joylashgan va bir-biri bilan hamkorlik qiluvchi tashkilotlar guruhi) sifatida oʻz faoliyatini boshlagan va 2022-yil sentabr oyi oxirida toʻliq quvvat bilan ishlaydi.
Yangi bozor hududiy tadbirkorlar uchun qulay hududda — Toshkent shahridagi Qo‘yliq bozoridan 3 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 60 gektar maydonni egallaydi va u 24 soat ishlaydi.
Yangi kompleks quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chakana savdo bozori. Avtotrassadan bozor hududiga asosiy 2 ta: yuk avtomobillari uchun hamda yengil avtomobillar uchun yo‘l orqali kirib kelinadi. Har bir yo‘l 12-tadan qatnov yo‘laklaridan iborat.
– Ulgurji savdo maydoni, u 16 000 m2 maydonni egallagan.
– Yengil avtomobillar bepul turargohi (sig‘imi – 3 500 ta avtomobil).
– Mehmonxona kompleksi.
– Omborlar – quruq, muzlatgichli, sovutkichli.
– Biznes markaz, bank binosi va boshqalar.
Cross-Docking xizmati
Bozorda Cross-Docking logistika operatsion tizimidan foydalaniladi. Ushbu tizim omborda saqlash bosqichini istisno qiladi, ya’ni mahsulot ko‘plab omborlar va yetkazib beruvchilarni chetlab o‘tgan holda, bevosita ulgurji savdo nuqtasida sotib olinadi. Yangi mahsulotlar to’g’ridan-to’g’ri ulgurji sotuvchilardan sotib olinadi. Majmuada 5 ta kross-dok xizmat ko‘rsatadi, unda bir paytning o‘zida 400 dona yuk mashinalariga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud.
“Bizning bozor ixtisoslashgan korxona bo‘lib, uning maqsadi ishlab chiqaruvchiga o‘z mahsulotini sotishda qulaylik yaratish, xaridorning mahsulot sotib olish jarayonini yanada qulay qilish, talab va taklifga e’tibor qaratish hamda tovat harakatining zamonaviy shakllarini joriy qilishdan iborat”, – deydi savdo majmuasi direktori Yo‘lchi Shokirov.
Ta’kidlash joizki, taqdimotlar majmua hududida barcha potensial sotuvchilar uchun o’tkazilmoqdai.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: