O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayevning Mo‘g‘uliston davlatining Qozog‘iston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Dorj Bayarxuu bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbatning asosiy mavzusi ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bozor mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy boshqaruv tizimlarini rivojlantirish va bu boradagi eksport salohiyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida Mo‘g‘ulistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni rivojlantirish yuzasidan mamlakatning iqlim sharoitini o‘rganish, ushbu davlatga yetkazib beriladigan oziq-ovqat hajmini oshirish, chorvachilik sohasida yaqin kelajakda belgilangan rejalar muhokama etildi.
Bundan tashqari, Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston agrar universitetlari o‘rtasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, magistratura va doktorantura bosqichiga talabalarni jalb qilish masalalari borasida muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, erishilgan yutuqlar va kelajakdagi o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan amalga oshiriladigan rejalar taʼkidlab o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning iyun oyida Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batsumber Munxjinning mamlakatimizga tashrifi bo‘lib o‘tgan edi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: