O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 2024-yilda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida asosiy ro‘yxatdan o‘tkazish tashkil etiladi.
Shu munosabat bilan, 2022-yilning 1-31-avgust kunlari Toshkent viloyatining Parkent tumani va Samarqand viloyatining Jomboy tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatga olish ishlari tajriba-sinov tariqasida o‘tkazilmoqda.
FAO ushbu tadbirni olib borishga ko‘mak ko‘rsatmoqda va uning Yevropa hamda Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘limining statistika bo‘yicha mutaxassisini jalb etdi. Uning vazifasi bo‘lajak asosiy tadbirning xalqaro standartlarga javob berishini ta’minlashdan iborat.
FAO, shuningdek, axborot-kommunikatsiya materiallarini taqdim etish orqali texnik yordam ham bermoqda. Yordam “Sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida taqdim etilmoqda. Mazkur loyihaning maqsadi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi statistikasi tizimini takomillashtirish va Davlat statistika qo‘mitasi xodimlariga qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish usullari va dala ishlarini olib borishni o‘rgatishdan iborat.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: