O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, Toshkent davlat agrar universiteti va Jizzax viloyatidagi G‘allaorol texnikumi rahbariyatidan iborat delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi safari to‘g‘risida xabar bergan edik.
Ushbu safarining navbatdagi manzillari Kaliforniya shtatidagi “State Center Community College District” markazi va “Fresno city college” texnikumi bo‘ldi. Markaz va texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishgan vakillarimiz mezbonlardan qisqa muddatli taʼlim yo‘nalishlari uchun o‘quv rejasini ishlab chiqish hamda mehnat bozoridagi mutaxassislarga bo‘lgan talabni tahlil qilish bo‘yicha maʼlumotlar olishdi.
Bugungi kunda 60 ming nafar o‘quvchi tahsil oladigan “Fresno city college” texnikumi bilan Toshkent davlat agrar universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham kelishuvga erishishdi. Unga ko‘ra, ikki tomonlama qo‘shma dasturlar va texnikum ochish rejalashtirilib, agrar sohada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik o‘quvchilarni AQSHda o‘qitilish mo‘ljallangan.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi laboratoriyalariga tashrif buyurgan vakillarimiz u yerdagi meva-sabzavotlarni muzlatib saqlash texnologiyasi va ularga o‘quvchilar tomonidan xizmat ko‘rsatilayotganiga guvoh bo‘lishdi.
Safar mobaynida davlatimizdan borgan agrar soha vakillari “Canine Detection Services” nomli xususiy kinologiya markazida ham bo‘lishdi. U yerda itlarni qishloq xo‘jaligidagi, o‘simliklardagi turli xil zararkunanda hasharotlarni topishga o‘rgatilishi va amalda asosan Meksika bilan chegarada qo‘llanilishi haqidagi maʼlumotlar taqdim etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: