Ayni vaqtda respublikada kelgusi yil hosili uchun kartoshka urug‘liklari zahirasini yaratish bo‘yicha joylarda tashkiliy va agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda. Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ishtirokida maxsus ishchi guruhlari tuzilgan.
Maʼlumki, 2023-yil hosili uchun 2022-yilda ekilgan o‘rtaki va kechki kartoshkalardan urug‘lik zahirasini yaratish uchun ushbu ekinni daladan nes-nobud qilmay yig‘ishtirib olish, uni sovutgichli, oddiy hamda fermer xo‘jaliklaring omborxonalarida saqlashga qo‘yish, shuningdek, urug‘liklarni kasallik va zararkunandalaridan himoya qilish ishlarini tizimli tashkil etish muhim hisoblanadi.
2023-yil hosili uchun respublika bo‘yicha 30,4 ming fermer va qishloq xo‘jaliklari korxonalari tomonidan 106 ming gektar asosiy maydonlarga kartoshka joylashtirilgan.
Ushbu asosiy maydonlar uchun 267 ming tonna urug‘lik talab etilishi hisob-kitob qilinib, shundan, joriy yilda respublika bo‘yicha 289 ming tonna (2 ming tonna qo‘shimcha) urug‘lik kartoshka jamg‘arish belgilab olingan.
Joriy yilning 5-avgust holatiga ko‘ra, 43,6 ming tonna yoki 15 foiz urug‘lik kartoshka jamg‘arilgan. Shundan, 11,7 ming tonnasi sovutkichli omborxonalarda va 31,9 ming tonnasi oddiy omborxonalarda saqlanmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: