O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida Yaponiyaning “Japan Conservation Engineers&Co.” LTD firmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Bosh direktori Shuhrat Bobomurodov va Yaponiya firmasi vakillari, jumladan, yordamchi menedjeri Yoshida Kazuyo, Tuproq bo‘yicha maslahatchi, professional injener Ueno Naoya, mahalliy maslahatchi G‘ayrat Jumayevlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — Yaponiyada ishlab chiqilgan va bir nechta davlatlarda sinovdan o‘tkazilgan “Fujimin” (Fujimin) preparatini respublikamizning yer maydonlarida ham sinab ko‘rish bo‘yicha taqdimotini o‘tkazish bo‘ldi. Yaponiyaliklar tavsiya etayotgan ushbu preparat sho‘rlangan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilashda foydali hisoblanadi va bu borada O‘zbekiston bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
Shuningdek, mamlakatimiz vakillari kelgusida yaponiyalik soha xodimlari bilan hamkorlik aloqalarini davom ettirish bo‘yicha kelishib olishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: