Joriy yilning 4-23-iyul kunlari qishloq xo‘jaligini masshtablash va modernizatsiya qilishni rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha onlayn-seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida “TUPROQSIFATTAHLIL” DUK va Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi (CAAS) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Seminarda O‘zbekiston tomondan “TUPROQSIFATTAHLIL” DUK mutaxassislari va rahbarlari, Xitoy tomondan esa Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi (CAAS) mutaxassislari ishtirok etishdi. Seminar davomida Xitoyning tuproqshunoslik sohasidagi tajribasini quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganish maqsadida Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi bilan hamkorlik qilishga qaror qilindi:
Ma’lumot uchun: Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi qishloq xo‘jaligi va tuproqshunoslik sohasidagi dunyodagi yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlaridan biri hisoblanadi. Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasida qishloq xo‘jaligi resurslari va atrof-muhitni himoya qilish yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan 8 ta dissiplinar klasterlari mavjud.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: