#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga ma’qullandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligida J.Xodjayev 2019-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaliginini rivojlantirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi”ni amalga oshirish bo‘yicha ishlarga rahbarlik qilgan bo‘lib, ushbu strategiya agrar sohadagi, xususan, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish borasidagi tub islohotlarni boshlab berdi.
Shu tariqa, qishloq xo‘jaligi sohasini transformatsiyalash jarayonida yer maydonlarini ochiq elektron auksionlar orqali taqsimlashning shaffof mexanizmlari joriy etildi, mahalliy davlat hokimiyati organlari qishloq xo‘jaligi yerlarini foydalanuvchilardan ijaraga berish yoki olib qo‘yish huquqidan mahrum etildi.
Strategiyani amalga oshirish doirasida agrosanoat kompleksini jadal raqamlashtirish hamda yangi Agroxizmatlar, bilim va innovatsiyalar AKIS tizimi (Agriculture knowledge & innovation system)ni bosqichma-bosqich ishga tushirish orqali qishloq xo‘jaligi sohasining ilmiy va ta’lim salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: