O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va respublikamizning Latviyadagi elchixonasi hamkorligida Toshkent davlat agrar universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Alisher Xasanov boshchiligidagi delegatsiya Yevropaning bir qator davlatlariga tashrif buyurib, nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Jumladan, 2022-yilning 14-iyul kuni Litva tibbiyot fanlari universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda TDAU va LSMU o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Shuningdek, tadbirda TDAU tomoni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi standartlari va oziq-ovqat xavfsizligiga qo’yiladigan talablarni LSMU bilan birgalikda o‘rganish uchun taqdim etishga hamda bu bo‘yicha tizim yaratishga kelishib olindi. Xususan, bu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash (magistratura, doktorantura, stajirovka) hamda veterinariya klinikasi loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.
Ma’lumot o‘rnida, 13-iyul kuni TDAU jamoasi Litvaning Buyuk Vitautas Magnus universiteti bilan hamkorlik bitimlarini imzolagandi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: