So‘nggi ikki yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Suvdan foydalanish samaradorligi hamda hosildorlikni oshirish maqsadida oxirgi uch yilda 852 dona, jumladan, 2022-yilning birinchi yarim yilligida respublika bo‘yicha 87 dona lazerli yer tekislagichlar xarid qilindi.
Tuproqni lazer bilan tekislash – bu maxsus lazerli tekislash moslamasi yordamida yerni 1-3 sm dan ortiq bo‘lmagan farq darajasida tekislashdir.
Lazerli tekislashning afzalliklari:
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida yuqori unumli, resurstejamkor, kombinatsiyalashgan va maxsus texnikalarga zarur eʼtibor qaratilib, texnika sotib oluvchilarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib borilmoqda.
Jumladan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga sotib olingan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi davlat byudjetidan qoplab beriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: