Bugun qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion bilim va amaliyotning birgalikda olib borilishi natijasida ko‘plab yutuqlarga erishilmoqda. Yaratilayotgan yangi navlar, texnologiyalar ana shu uyg‘unlikning, izlanishlarning natijasidir. Jumladan, yangiliklar yaratish borasida respublikaning Qashqadaryo viloyatida joylashgan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida shart-sharoitlar yetarlicha va yutuqlar ham shunga yarasha.
Avvalo, ushbu institutning tashkil topishi haqida maʼlumot. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni va shu kundagi “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4975-son qarori bilan Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali negizida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.
Yangi navlar va agrotexnologiyalar:
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti agrar sohadagi ko‘pgina ixtirolarning maskani desak xato bo‘lmaydi. Jumladan, ushbu institut olimlari tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli raqobatbardoshli yangi navlar yaratilmoqda. Xususan, mintaqaning tabiiy iqlim sharoitlariga mos, xorijiy va mahalliy navlarni olish va joylashtirish bilan ham shug‘ullaniladi. Shuningdek, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlarni o‘tkazish va ishlab chiqarishga ko‘maklashadi. Suv bilan yetarli taʼminlanmagan va qurg‘oqchilik sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish bo‘yicha ilg‘or resurs tejovchi agrotexnologiyalarni ishlab chiqarish ham aynan institut vakillari masʼuliyatiga kiradi. Qishloq xo‘jaligida almashlab ekish tizimini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotda sinab ko‘rish ham institut tomonidan amalga oshiriladi.
Olimlar va xalqaro hamkorlik
Institutning ilmiy laboratoriyalarida Davlat ilmiy-texnika dasturlariga kiritilgan loyihalarni bajarish va ilmiy tadqiqotlar olib borishda, jami 59 nafar mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Ularning 38 nafari ilmiy xodimlardir. Jumladan, 6 nafari fan doktori, 22 nafari fan nomzodlari va falsafa doktorlaridir. Bundan tashqari, institutda 6 nafar doktorant, 28 nafar tayanch doktorant, 3 nafar stajyor tadqiqotchi, 3 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy izlanishda.
Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti ko‘pgina sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan:
Yangi navlar
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bir qancha navlar yaratilgan. Jumladan, yumshoq bug‘doyning “Yaksart” “Turkiston” “G‘ozg‘on” “Hazrati Bashir” “Elomon” “Hisorak” “Bunyodkor” “Shams” “Janub gavhari” “G‘allakor” “Kech-2016” “Shukrona” “Ravon” “Farovon” “Barhayot” “Sarbon” “Yuksalish” “Nasafiy” “Farovon-2” “Turon” “Oqsaroy”navlari;
Ziyo maskani
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-sentyabr 209-sonli qaroriga asosan tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tarkibiga kiradi. Institut kutubxonasida 15846 ta badiiy va sohaga oid adabiyotlar, 350 ta jurnal mavjud.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: