Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev boshchiligidagi ishchi guruhining navbatdagi tashrifi Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.
Viloyat hokimiyatida masʼullar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda islohotlarning amaliyotida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi. Shuningdek, hududdagi xorijdan qaytgan fuqarolarni ish bilan taʼminlash borasida ham qatʼiy topshiriqlar berildi.
Ishchi guruhi viloyatning Kasbi tumanidagi fermer xo‘jaliklarining ahvoli bilan ham tanishdi. Xususan, tumanning Nasafiy MFY da joylashgan “Muhammadjon Mustafoyev” fermer xo‘jaligi 60 gektar yer maydoniga ega bo‘lib, shundan 26 gektariga g‘alla yetishtirildi. Mehnatlarning samarasi sifatida hosildorlik gektariga 70 sentnerni tashkil etdi. Hozirda g‘alla yig‘imidan bo‘shagan yerlarga takroriy ekin sifatida sabzavot va poliz mahsulotlari ekildi. Ushbu takroriy ekinlarni ekish uchun yerlarni turli daftarlarga kiritilgan fuqarolarga ajratilgani ularga berilayotgan katta imkoniyatdir. Ta’kidlash joiz, viloyatda temir daftardagi ayollarga 200 kilogramm g‘alla va 2 dona press qilingan somon taqdim etilmoqda.
O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan ushbu fuqarolarga agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish uchun ko‘mak berilgan bo‘lsa, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi sifatli urug‘ va ko‘chatlarni yetkazib berdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: