Bugungi kunda respublika hududlarida o‘rim-yig‘im ishlari jadal olib borilmoqda. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra (21-iyun holatiga), davlatga tovar don sotish 1 mln 435 ming tonna (80,5%), birja savdolariga qo‘yish 258 ming tonna (52%), urug‘lik don jamg‘arish 72 ming tonnaga (29%) bajarildi.
Xorazm viloyati g‘allakorlari respublikada peshqadamlardan bo‘lib davlat resurslariga 63,8 ming tonnalik tovar don buyurtmasini 15 kunda ortig‘i bilan 83,5 ming tonna (130,8%)ga yetkazdi. Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati 210 ming tonna, Buxoro viloyati 150 ming tonna, Farg‘ona viloyati 205 ming tonna don jamg‘armoqda.
Respublika g‘allakorlari yalpi don ishlab chiqarishni 2 mln 938 ming tonna (38%) yoki har gektaridan o‘rtacha don hosildorligini 75 sentnerga yetkazishni o‘z oldilariga maqsad qilib olishgan. Ayni kunlarda viloyat g‘allazorlarida o‘rim-yig‘im ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda.
G‘alladan yuqori hosil olish yo‘lida bajarilgan chora-tadbirlar
Taʼkidlash joiz, 2022-yilda respublikada 1 mln 88,4 ming gektar (1 mln 33,1 ming gektar sug‘oriladigan va 55,3 ming gektar lalmi) maydonlarga ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlaridan 7,8 mln tonna don yetishtirish rejalashtirilgan.
Joriy yil hosili uchun ekilgan g‘alla maydonlarining 57 ming gektariga lazerli tekislagichlar bilan ishlov berildi va 254 ming gektarga zamonaviy seyalkalarda don ekildi.
Shuningdek, biologik eskirgan navlar o‘rniga yuqori hosilli, ertapishar, ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli 12 ta (shundan 8 ta mahalliy) kuzgi bug‘doy navlari maydonlari 669 ming gektarga kengaytirildi.
2022-yil hosili uchun g‘alla ekish mavsumi oldingi yillarga nisbatan 10-12 kun erta yakunlanib, o‘tgan yilga qaraganda ko‘chat sonini gektariga 4,8-5,5 mln dona (50-60 ming tup ko‘p) olishga erishildi.
Kuzgi boshoqli don ekinlarining o‘suv davrida mineral o‘g‘itlar bilan maqbul muddatlarda, shuningdek, mikroelementlar bilan boyitilgan biostimulyatorlar yordamida kamida 3 marta barg orqali suspenziya usulida oziqlantirilishi, maydonlarning peshma-pesh faqat sharbat usulida sug‘orilganligi, ayniqsa “zang” kasalliklariga qarshi 1,2 martagacha, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi profilaktik kimyoviy ishlovlar o‘tkazilganligi o‘z samarasini berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30- maydagi “2022-yil hosilidan bug‘doyni xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 284-son qaroriga asosan “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga 2 mln 550 ming tonna don qabul qilish belgilangan. Shundan 2 mln 283,5 ming tonna donning 1 mln 783 ming tonna tovar don davlat resurslariga xarid qilinishi, 500 ming tonna vaqtincha saqlashga qabul qilinishi hamda 266,5 ming tonna urug‘ don qabul qilinishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: