Oziq-ovqat xavfsizligi insonning sog‘lom turmush tarzi, uzoq umr ko‘rishi bilan bog‘liq. Uni taʼminlash nafaqat respublikamiz, balki butun dunyodagi global muammolardan hisoblanadi. Shu bois bu sohaga mamlakatimizda ham katta eʼtibor qaratilmoqda.
Toshkent viloyatidagi “Healing Herbs” MChJ korxonasida O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan mahsulot turi, ya‘ni oshqovoq va makkajo‘xori bo‘tqasidan tabiiy shifobaxsh sharbat ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu tabiiy sharbat dorivor hisoblanib, birinchi navbatda inson immunitetini ko‘taradi, jigar, oshqozon, qon tomirlaridagi xolesterin moddasini yuvadi va boshqa bir qator kasalliklar uchun shifobaxshdir.
Ushbu korxona Xitoy texnologiyalari asosida tashkil etilgan bo‘lib, 2021-yil dekabr oyida ishga tushirilgan. Korxona bir kunda 80 ming dona, bir oyda 2,4 mln dona, bir yilda esa 28,8 mln dona tayyor tabiiy shifobaxsh sharbat ishlab chiqaradi. Buning uchun 1000 tonna oshqovoq va 300 tonna makkajo‘xori so‘tasi talab etiladi.
Hozirgi kunda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlar tomonidan 400 gektar maydonda oshqovoq va makkajo‘xori ekinlari ekilgan va hosilini korxonaga yetkazib berish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, korxona qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab, Turkiya va Rossiya davlatlariga eksport qilish uchun shartnoma imzolagan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: